Breaking News

2016-yilda Amerikaning Odam savdosi yordam markaziga 7500 dan ortiq shikoyat kelib tushgan. Poytaxt Vashington atrofida jinsiy zo'ravonlik yoki majburlashga yo'liqqanlar, asosan, o'rta va yuqori daromadli oilalardan chiqqan o'smir qizlar. Ulardan biri haqida hikoya qilamiz.

Keyt uchun politsiya xaloskor bo'ldi.

“Meni hech kim topolmasa kerak deb o’ylagandim”, - deydi u.

Oylab jinsiy qul sifatida xo’rlangan Keyt joniga politsiya oro kirdi.

Voqealar 9-sinfda, 14 yoshligida boshlangan. Uni o’g’irlagan 21 yoshli Luis hujjatsiz muhojirlar dasturi asosida o'qigan maktabdoshi bo'lgan. Ammo u jinoiy javobgarlikka tortilmadi.

“Luis Feysbukda ilk bor yozganda, ko’zlaring chiroyli ekan, degandi”, - deydi Keyt.

Keyt uni sevib qoladi. Luis ba’zan Keytni uyining derazasidan olib chiqib bazmlarga olib borardi. Kunlarning birida qiz uyiga qaytmadi.

“Yoshi katta kishilar bilan edim. Xayolimda hammasi menga mahliyo, deb o’ylardim. Hushimdan ketganim esimda. Esimda qolgani - hamma joyim ko’kargan, ichimdan jiddiy jarohatlar olganman”, - deydi u.

Keyt keyinchalik Luisning "MS-13" jinoiy to’dasidan ekanini bilib qoldi. Balog’at yoshiga yetib-yetmagan qizga narkotik moddalar berib, to’daga sotib yuborgan ekan.

“Meni hech kim qutqarolmaydi, qayerdaligimni bilishmaydi, deb o’ylardim”, - deydi u.

Keytning onasini shartli ravishda Eymi deb ataymiz.

“Qizalog’im hayotimning mazmuni. Yo'qolib qolganda ichimda u meni kutayotganini sezardim”, - deydi ona.

Politsiya Keytni uyidan qochgan deb o’ylagan. Luis esa unga bir buyumday qaragan.

“Luis belimga dollar ramzini chizdi. Shunda nima uchun meni ushlab turganini bildim. U mening egamga aylangan edi”, - deydi Keyt.

Xo'rlikning nihoyasi ko'rinmadi.

“Oldimga kimlar kelib ketayotganini bilmasdim. Kimdir kelib zo’rlardi, kimdir shunchaki kelib ketardi. Bir soatda 2-3 odam kelardi. Ovqatsiz, suvsiz qolardim. Qo’shmachi esa tomosha qilib o’tirardi”, - deydi Keyt.

Keytni boshqa shtatga olib ketishayotganida politsiya jinoiy to’dani qo’lga oldi. Shu bilan Keytning qo’rqinchli tushi tugadi.

Besh yillik intensiv muolajalardan so’ng o'ziga kelgan qiz yana hayotdan umidvor, hozir ona bo’lish arafasida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG