Breaking News

AQShda bolalar koronavirusga qarshi emlana boshladi


Leksington, Janubiy Karolina shtati, 20-iyun, 2022
Leksington, Janubiy Karolina shtati, 20-iyun, 2022

Amerikada turli yoshdagi bolalar endi koronavirusga qarshi emlanish imkoniyatiga ega. Mamlakat bo'ylab, dorixonalar, klinikalar va kasalxonalarda vaksina markazlari 6 oylik go'dakdan tortib 5 yoshgacha bo'lganlarga ham xizmat ko'rsatmoqda.

Ota-onalar farzandlari emlanayotgan mamnun. Makkenzi Pek ismli ona deydiki, o'g'lini shu paytgacha boshqa bolalarga qo'shishga qo'rqib kelayotgan edi.

"Hozir bemalol ruxsat berayapman. Oilamiz sal yengi nafas ola boshladi", - deydi Makkenzi.

AQSh hukumati bolalar uchun vaksinaga o'tgan hafta ruxsat berdi.

"Bu vaksina bilan normal hayotga to'liq qaytamiz degan umiddamiz. Bolalar uchun bolalik ham normallashadi", - deydi Makkenzi.

"Moderna" va "Pfizer" vaksinalari ishlatilmoqda. Kattalar 2020-yilning oxiridan emlana boshlagan edi. O'smirlar va maktab yoshidagilar 2021-yildan vaksina olishi mumkin bo'ldi.

"Moderna" kompaniyasining bolalar uchun COVID-19ga qarshi vaksinasi
"Moderna" kompaniyasining bolalar uchun COVID-19ga qarshi vaksinasi

Amerikada 5 yoshgacha bo'lganlar qariyb 18 millionni tashkil etadi.

"Oilalar uchun hayotni osonlashtiradigan ish bu", - deydi Debra Langloys, pediatr.

Michidan shtatidagi kasalxonadan turib "Amerika Ovozi" bilan gaplashar ekan,

"Pandemiya boshlanganiga ikki yildan oshdi, eng qiyini bolalarga bo'ldi", - deya kuzatadi u.

Oilalar oldingidek sayohatlarga chiqmaydi. Qo'shnilar u yoqda tursin, hatto qarindoshlar bilan bir joyda o'ynamaydi.

Oq uy yangilikni olqishlamoqda, lekin hukumat millionlab amerikaliklar emlanishni xohlamasligini nazarda tutib, ular bolalarini ham vaksinaga yaqinlashtirmasligi mumkinligidan xavotirda.

Amerika pediatrlar akademiyasi va Amerika tibbiy uyushmasi jamoatchilikni bu imkoniyatdan foydalanishga undamoqda.

Kasallikni nazorat qilish markaziga ko'ra, koronavirusga chalinib, davolanib chiqqan bolalar ham emlanishi kerak, chunki vaksina ularni qayta yuqtirishdan saqlaydi.

"Pfizer" uch bosqichda beriladi, "Moderna" esa ikki dozada.

Shifokor Xuan Tapiya Mendoza deydiki, virus ham tarqalmoqda, odamlar jon bermoqda.

"Kasallikka qarshi kurashni to'xtamaslik kerak, targ'ibotni kuchli ruhda ushlab turish kerak", - deydi u.

Sog'liqni saqlash muassasalari bolalar uchun emlanish kampaniyalari boshlar ekan, hukumat ular bilan hamkorlikka tayyor.

Pediatr Pem Zetlin ota-ona borki, farzandlari necha yoshda bo'lishidan qat'i nazar, emlanishi lozimligini eslatmoqda.

"Pfizer" va "Moderna" bolalar uchun vaksinalarini yaqin kelajakda chet davlatlarga ham chiqara boshladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG