Breaking News

Silikon vodiysida muvaffaqiyat qozonayotgan muhojirlar


Silikon vodiysini zabt etayotgan muhojirlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00

Silikon vodiysini zabt etayotgan muhojirlar

Texnologik kashfiyotlar markazi sifatida tanilgan Kaliforniyadagi Silikon vodiysi rang-barang muhojirlarni bag'riga olgani bilan ham mashhur. 2013-yil vodiyda o'ziga eng ko'p sarmoyadorlarni jalb qilgan beshta startapning ikkitasi muhojirlarga tegishli.

Silikon vodiysi - orzularni voqelikka aylantiradigan maydon. Ayrimlarning orzusi faqat Amerikaga kelish bo'lsa, boshqalarning intilishlari yanada ulkan.

Qasar Yunus shundaylardan biri. U Silikon vodiysida startaplarga sarmoya beruvchi eng yirik kompaniyalardan biri - "Y Combinator" rahbarlaridan biri. U Pokistonning Panjob viloyatidagi bir qishloqdan kelgan. Silikon vodiysida muvaffaqiyat qozonishimga har doim ishonganman, deydi u.

"Men olgan o'ziga xos tajriba Silikon vodiysida bo'ldi. Bu yerdagi kompaniyalarning yarmidan ko'piga muhojirlar asos solgan", - deydi Yunus.

Uo'z kompaniyasini ochgach, biznesini rivojlantirish uchun mablag'ga ehtiyoj sezdi. Hozir u startaplarga yordam beruvchi kompaniya yetakchilaridan biri.

Yunus hozir startaplarga sarmoya kirituvchi kapitalist. Bergan qarzi evaziga kompaniya hissalaridan ulush oladi. U startap egaligidan ularga yordam beruvchi sarmoyadorga aylangan bo'lsa, pokistonlik yana bir muhojir Dilovar Said buning aksini qildi.

"Freshdesk" - bulutli serverda ishlovchi dasturiy ta'minot kompaniyasi. U bizneslarga mijozlar bilan ishlashda yordam beradi. Uning rahbari Dilovar Saidning aytishicha, Silikon vodiysi nafaqat joy, balki muhojirlarga imkoniyat beruvchi aqliy maydon hamdir.

"Vodiyning o'ziga xosligi shundaki, bu yerdagi muhit odamlarni o'z ustida ishlashga undaydi. Tavakkalchilikdan qo'rqmasdan, muvaffaqiyatsizlikka uchrab, so'ng yana muvaffaqiyat qozonishga o'rgatadi", - deydi u.

Bu yerdagi muvaffaqiyatning siri nimada?

"Tavakkal qil va qo'rqma", - deydi Said.

"Dasturlashni o'rganing. Boshqalarga emas, o'zingiz uchun ishlang", - deydi Yunus.

Bu ikki muvaffaqiyat namunasi ishbilarmonlarning yangi avlodi uchun ilhom manbai bo'lsa, ajab emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG