Breaking News

Dominik Stros-Kanga qo'yilgan ayblov bekor qilindi


Dominik Stros-Kan bir paytlar Fransiya prezidentligiga asosiy da'vogarlardan edi. Lekin Nyu-Yorkdagi mehmonxona xodimi uni jinsiy tajovuzda ayblagach, ishidan ketishga majbur bo'lgan.
Dominik Stros-Kan bir paytlar Fransiya prezidentligiga asosiy da'vogarlardan edi. Lekin Nyu-Yorkdagi mehmonxona xodimi uni jinsiy tajovuzda ayblagach, ishidan ketishga majbur bo'lgan.

Fransiya sudi Xalqaro valyuta jamg'armasi sobiq rahbari Dominik Stros-Kanga qo'yilgan ayblovni bekor qildi.

Fohishalarni yollab, bazm qilganlikda ayblangan arbob 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi va 1,7 million dollar jarimaga tortilishi mumkin edi.

Sud davomida guvoh ayollar Stros-Kan o'taketgan shahvoniy bazmlar uyushtirganini aytgan.

Fransiya qonunlari jinsiy aloqa uchun pul to'lash man qilinmaydi. Lekin fohishalik biznesini yuritish qonunga xilof.

Stros-Kan bu bazmlarda qatnashganini tan olgan, lekin Parij, Vashington, Bryussel va Lil kabi shaharlarda tashkil qilingan bu kechalarda ishtirok etgan ayollar fohisha ekanidan xabari yo'qligini ta'kidlagan. Bu bazmlarni tashkil qilgan emasman, deydi Xalqaro valyuta jamg'armasi sobiq rahbari.

Dominik Stros-Kan bir paytlar Fransiya prezidentligiga asosiy da'vogarlardan edi. Lekin Nyu-Yorkdagi mehmonxona xodimi uni jinsiy tajovuzda ayblagach, ishidan ketishga majbur bo'lgan.

Dominik Stros-Kan Parij, Bryussel, Lil, Vashington shaharlarida uyushtirilgan bazmlarda qatnashganini tan oladi. Lekin undagi ayollar fohisha ekanidan bexabar ekanini ta'kidlaydi.
Dominik Stros-Kan Parij, Bryussel, Lil, Vashington shaharlarida uyushtirilgan bazmlarda qatnashganini tan oladi. Lekin undagi ayollar fohisha ekanidan bexabar ekanini ta'kidlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG