Bugun Avstraliyaning Sidney shahrida bir odam restoranga kirib, odamlarni garovga olgan. 16 soat davom etgan voqeada maxsus kuchlar garovdagilarni qutqarishga muvaffaq bo'lgan. Uch kishi halok bo'lgan, jumladan xuruj qilgan odam. Uning eronlik muhojir bo'lgani aytiladi. Ismi Man Haron Mo'nis bo'lib, 2013-yilda sobiq rafiqasini o'ldirganlikda gumon qilingan.