Breaking News

Rossiya: NATO Suriyaga nisbatan kuch qo’llash uchun bahona izlamasin


Halab
Halab
Faollarning aytishicha, Suriyaning Dar’o viloyatidagi portlashlar 20 odamni hayotdan olib ketgan. Boshqa viloyatlarda ham og’ir janglar davom etmoqda, deydi ular, armiya poytaxt Damashq, Dar’o va Idlibda isyonchilar manzillariga o’q yog’dirmoqda.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun kecha Nyu-Yorkda Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid al-Muallim bilan ko’rishib, bu davlat rahbariyatini xalqqa shafqat ko’rsatishga undagan.

Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida so’zga chiqqan Muallim AQSh, Fransiya, Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyani Suriyada isyonchilarga qurol uzatib, terrorizmni moliyalayotganlikda aybladi.

Prezident Bashar al-Assadni ishdan ketishga undashlar esa o’zga davlat ishlariga ochiqchasiga burun suqishdir, deydi u. Suriya davlat matbuoti bugun Halabda bir guruh terrorchi va qurol ombori yo’q qilingani haqida xabar qilmoqda.

Kecha Halabning tarixiy obidalaridan sanalmish eski shahar qismida ko’proq mahallalar alanga olgan. Isyonchilar va armiya o’q almashar ekan, shanba kuni qadim bozor – Al-Madinada yuzlab do’konlarga o’t qo’yilgan edi. BMT Halabning eski shahar deya atalmish qismini 1986-yilda jahon durdonalari ro’yxatiga kiritgan.

Ekspertlar nazarida Suriyada isyonchilar va jamiyat orasida tarqoqlik, shubha tobora avj olib, urushni tugatishga to’sqinlik qilmoqda. Yurtga aloqasi yo’q jinoiy to’dalar vaziyatdan foydalanib qolmoqda, deydi ular.

Bu orada Rossiya NATOni Suriyadagi mojaroga aralashmaslikka, kuch qo’llash uchun bahora izlamaslikka chaqiradi. Tashqi ishlar vazirligi muovini Gennadiy Gatilov nazarida bufer zonalar, insonparvarlik korridorlari yaratishga hojat yo’q. U Suriya va Turkiyani bosiqlikka chaqiradi.

BMT Xavfsizlik Kengashi prezident Bashar al-Assadni namoyishlarni bostirgani uchun uch bor sanksiya bilan jazolashga uringan, har safar Rossiya va Xitoy veto qo’ygan.

Livanning “Al-Diyor” gazetasi xabariga ko’ra, prezident Assad kuni-kecha Halabga borib, qo’shimcha 30 ming askar safarbar etgan. Suriya matbuoti bu haqda lom-mim demayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG