Breaking News

Suriya muxolifati: Armiya 200 dan ziyod odamni qirdi


“Treymsa qishlog’ida kecha qattiq to’qnashanuvlar kuzatildi. Vertolyot, og’ir artilleriya ishga solingan".
“Treymsa qishlog’ida kecha qattiq to’qnashanuvlar kuzatildi. Vertolyot, og’ir artilleriya ishga solingan".
Suriya muxolifatining bildirishicha, Hamo viloyatida hukumat safarbar etgan tank va vertolyotlar 150 dan ziyod odamni, asosan, tinch aholini yo’q qilgan.

Guvohlar so’zlariga qaraganda, hukumat avvaliga hududga o’q yog’dirib, so’ng askarlar yopirilgan. Isyonchilar o’lganlar 200 dan ziyod, deydi.

BMT kuzatuvchilar missiyasi yetakchisi Robert Mud Hamoda shiddatli olishuvlar ro’y berganini tasdiqlamoqda.

“Treymsa qishlog’ida kecha qattiq to’qnashanuvlar kuzatildi. Vertolyot, og’ir artilleriya ishga solingan. BMT tinchlikparvar xodimlari hududga borib, ahvolni ko’zdan kechirmoqchi, dalillarga asosan xulosa qilmoqchi”, - deydi Robert Mud.

Suriya davlat matbuoti viloyatda armiya va qurollangan guruhlar o’q almashgani, talofatlarda terrorchilar aybdor ekanini ta’kidlaydi.

BMT Xavfsizlik Kengashi Bashar al-Assad ma’muriyati aholiga qarshi qurol qo’llashda davom etaversa, kuchliroq sanksiyalar bilan jazolash ustida o’ylanmoqda. Biroq Rossiya G’arb olg’a surayotgan bu tashabbusga veto-taqiq qo’yishini aytib keladi.

BMT elchisi Kofi Annan dushanba kuni Moskvaga safar qilib, Suriya borasida muzokara qilishi kutilmoqda.

Qo’shma Shtatlarning bildirishicha, Suriya kimyoviy qurollari xavfsizligini ta’milay olmasa, xalqaro hamjamiyat chora ko’rishga majbur bo’ladi. Suriya ushbu qurol-aslahani puxta mudofaa qilishi shart, deydi Davlat departamenti matbuot kotibasi Viktoriya Nuland.

Sal avval AQShning “Wall Street Journal” gazetasi Suriya yadroviy aslahani yashirin omborlardan olib chiqmoqda; bu qudratli vosita isyonchilar va oddiy fuqarolarga qarshi qo’llanishi mumkin, deya xabar bergan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG