Breaking News

Birlashgan Arab Amirliklarida AQSh-Tolibon muzokaralari boshlandi


AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus elchisi Zalmay Xalilzod (chapda); Tolibonning Qatardagi idorasi vakili Abbos Stanikzay.
AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus elchisi Zalmay Xalilzod (chapda); Tolibonning Qatardagi idorasi vakili Abbos Stanikzay.

AQSh va Tolibon rasmiylari 17-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida tinchlik muzokaralarini boshladi. Pokiston tarafidan tashkil etilgan jarayonda AQSh delegatsiyasiga Prezident Trampning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchilik qilmoqda.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Muhammad Faysalning bildirishicha, Islomobod qo’shni Afg’onistondagi urushga siyosiy yechim topish borasida jahon hamjamiyati va barcha manfaatdor tomonlar bilan hamfikr.

“Muzokaralar BAAda o’tmoqda. Umid qilamizki, bugungi uchrashuv Afg’onistonda qon to’kilishlariga barham berib, mintaqaga tinchlik olib keladi”, - deydi Faysal Abu-Dabidagi tadbir muqaddimasida.

Shaxsini tanitishni istamagan rasmiyning ma’lum qilishicha, Prezident Donald Tramp Pokiston Bosh vaziri Imron Xondan Tolibonni muzokaralarga jalb qilishda va nizoga siyosiy yechim topishda hamkorlik qilishni so'rab, maktub yo’llaganidan so'ng Islomobod muzokaralarni tashkil etishga qaror qilgan.

Tolibon vakili Zabihulla Mujohid “Amerika Ovozi” bilan suhbatda muzokaralarda AQSh delegatsiyasidan tashqari, Pokiston va Saudiya Arabistoni vakillari ham ishtirok etishini bildirgan.

O'tgan hafta Imron Xon Islomobod AQSh va Tolibon muzokaralarini tashkil etishda vositachi ekani haqida ma’lumot bergan edi. Biroq tadbirning qayerda bo’lishini oshkor etmay turgan edi. Avgust oyida hokimiyatga kelgan Imron Xon qo’shni Afg’onistonda tinchlik o’rnatish tashqi siyosatining ustuvor vazifalaridan ekanini ma’lum qilgan. AQShning Kobuldagi elchixonasi uning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi.

Bosh vazirning aytishicha, Afg’oniston barqarorligi milliy xavfsizlik, iqtisodiy farovonlik, mintaqaviy aloqalarning izga tushishiga xizmat qiladi va shu nuqtai nazardan bu jarayondan eng avvalo Pokiston manfaatdor.

Afg'on tinchlik jarayoniga turtki berish maqsadida mintaqa bo'ylab 18 kunlik safarga chiqqan Xalilzod shu kungacha Pokiston, Afg'oniston, Rossiya, Turkmaniston, O'zbekiston va Belgiyada bo'ldi. Bugun esa Abu-Dabidagi muzokaralarda qatnashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG