AQSh O'zbekistonda silga qarshi kurashni quvvatlamoqda

  • Amerika Ovozi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Qashqadaryo viloyati, Kitob shahridagi sil kasalligi shifoxonasi xodimlari bilan, 25-sentabr, 2017

25-sentabr kuni AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Qashqadaryo viloyati, Kitob shahriga borib, viloyat sil kasalligi shifoxonasi faoliyati bilan tanishgan.

2015-yildan buyon USAID, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va fiziatriya va pulmonologiya bo‘yicha ixtisoslashgan respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga sil tarqalishining oldini olishda moliyaviy yordam ko’rsatib keladi.

USAID O‘zbekistonning to‘rt viloyatida silga qarshi loyihalar olib boradi. Agentlik shifokorlar, hamshira va laboratoriya xodimlariga infeksiyani nazorat qilish, silga aniq va tez tashxis qo‘yish, texnologiya va trening bobida ko’maklashadi.

Elchixonaning qayd etishicha, Kitobdagi sil kasalligi shifoxonasi Qashqadaryo viloyatidagi bemorlarni Toshkentga uzoq muddatga yubormay, o‘zi to‘la davolay oladigan yagona tibbiy maskandir.

USAID silga qarshi kurash uchun 7,6 million dollarlik byudjetga ega. Besh yillik dasturning asosiy maqsadi O’zbekistonda sil kasalligi oqibatlarini kamaytirish va silning ko‘plab dorilarga turg‘un shakllari rivojlanishining oldini olish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG