AQShdan Shimoliy Koreyaga harbiy ogohlantirish

  • Amerika Ovozi

AQSh harbiy floti Tinch okeanida

Qo'shma Shtatlar Tinch okeanida Shimoliy Koreyaga qarshi yangi strategik vositalar safarbar etmoqda. "USS Nimitz" - Amerikaning eng yirik harbiy kemalaridan biri. Rasmiylarning "Amerika Ovozi"ga tasdiqlashicha, Pxenyan atom qurollarini sinashda davom etarkan, Vashington qarab turmaydi.

Hozirgacha xalqaro suvlarda "USS Carl Vinson" va "USS Ronald Reagan" kemalari yurgan edi. Ular Tinch okeanining g'arbiy qismida joylashgan.

AQSh shu paytgacha uch ulkan harbiy kemani bir mintaqaga yubormagan.

Lekin Shimoliy Koreya yangi qurollarini ko'z-ko'z qilishda davom etar ekan, Oq uy qo'l qovushtirib o'tirmoqchi emas. Pxenyan Amerikaga hujum qiladimi? Hozirgi ketishda balki 2020-yildan keyin bunga qodir bo'lishi mumkin, deydi mutaxassislar. Lekin bu Shimoliy Koreyani ham yo'q qilish yuborishga yetaklashi mumkin. Shunday ekan, kommunist va yakkalangan davlat o'ziga qarshi qadam tashlamasligi mumkin. Biroq uning maqsadi nima? Mana shu savollar hozirda qizg'in muhokamada. Prezident Donald Tramp Pxenyanga nisbatan barcha zarur choralar ko'rishga shay. Buni u qayta-qayta ta'kidlamoqda.

Italiyada Katta Yettilik sammitida Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe bilan yonma-yon o'tirib so'zlagan Tramp Shimoliy Koreyani katta boshog'riq deb atadi.

"Ittifoqchi davlatlar bilan birga ishlaymiz", - dedi u.

Pxenyanga qarshi sanksiyalar kuchaytiriladi, toki bu davlat o'z qurollarini ko'papytira va rivojlantira olmasin. U bilan muzokara qilinadimi? Oq uy hozircha bunga shoshmayapti.

AQSh yaqin kunlarda interkontinental ballistik raketalarini sinab ko'radi. Bunday mashqlar tarixda ilk bor o'tadi, deydi ekspertlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG