Breaking News

Xitoy va AQSh - eng yirik raqiblar va hamkorlar


AQSh va Xitoy - dunyoning iqtisodiy jihatdan eng baquvvat ikki mamlakati. O’rtada savdo hajmi qariyb 600 milliard dollarga teng. Shuning katta qismi Xitoyning Amerikaga eksportidan iborat.

Defitsitni kamaytirish uchun Donald Tramp saylov kampaniyasi paytida keskin choralar ko’rishini aytgan. Xalqaro savdo xususida u dangal gapiradi.

“Ajoyib savdo kelishuvi tuzamiz. Kelisha olmasak, katta ko’cha!”, deydi u.

Xitoy bilan savdo defitsitini muvozanatlash uchun Tramp bu davlatdan keladigan tovarlarga tariflarni oshirishni taklif qilgan. Xitoy tanqidchisini savdo uchun ma’sul etib tayinladi.

“Xitoyga qarshi harakatlar qilsak, ular ham qarab o’tirmaydi. Javob choralari ko’radi”, - deydi tahlilchi Vilyam Galston.

Vashington savdo-sotiqqa cheklovlar qo’ysa, Pekin ham qo’yadi. Xitoy rasmiylari har ikki tomon ziyon ko’rishini aytmoqda.

“Savdo urushi, ayniqsa, dunyodagi iqtisodiy jihatdan ikki eng yirik mamlakat o’rtasida kechsa, har ikkisi yutqazadi. Global iqtisod ham zarar ko’radi”, - deydi Xitoyning Vashingtondagi elchisi Chuy Tiankay.

AQSh-Xitoy
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00

Haqiqat shuki, ikki davlat bir-biriga tayanadi.

"Tramp Xitoy bilan yaqindan ishlashi kerak, chunki Xitoy Amerikaning eng katta kreditorlaridan biri. Xitoy ham Qo’shma Shtatlarsiz rivojlana olmaydi. AQSh Xitoy mahsulotlari uchun yirik bozor”, - deydi iqtisodchi Jastin Urkat.

Ekspertlarga ko’ra, Xitoy va Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari bilan tortishib Tramp Amerikada ish o’rinlari yarata olmaydi. Oqibatlari AQShning o’zi uchun falokatli bo’lishi mumkin.

Jahon Banki sobiq iqtisodchisi Chad Baun fikricha, Trampning balandparvoz gaplari hamkor davlatga nisbatan adovat emas, balki muzokara taktikasi bo’lsa ajabmas.

“Ko’rinishidan shunday. Ehtimol Tramp shu kabi masalalarga siyosatchi yoki davlat rahbaridek emas, biznes nuqtai nazardan yondashayotgandir”, - deydi .

Donald Tramp Tinch okeani bo’yidagi 12 davlat orasida imzolangan savdo bitimiga ham, NAFTA nomini olgan Shimoliy Amerika erkin savdo bitimiga ham qarshi. Ammo, deydi suhbatdoshlar, AQSh-Xitoy aloqalarini quruq so’zlar emas, aniq ishlar belgilaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG