Breaking News

AQShning Rossiyadagi elchisi: Terakt haqidagi ogohlantirish asosli va konkret edi


Линн Трейси
Линн Трейси

AQShning Rossiyadagi elchisi Linn Treysi qayd etishicha, o'tgan haftadagi terror xuruji ehtimoli haqida uning davlati o'z vaqtida ogohlantirgan.

Vashington Moskvaga ishonchli ma'lumot uzatgan, deydi Linn Treysi, AQShning Rossiyadagi elchisi. 22-mart kuni yuz bergan terror xurujining oldini olish mumkin edi, degan xulosa keng ekan va mutasaddilar bu borada savolga tutilar ekan, AQSh o'z pozitsiyasini tushuntirmoqda.

Treysi o'z xalqi nomidan Rossiya ahliga hamdardlik bildirib, terrorizmga qarshi kurash avvalo ehtiyotkorlik talab qilishini aytdi.

"AQSh terrorizmni har tomonlama o'rganib, xulosa qiladi. Eslaymiz, Rossiya bizda 2001-yilda terror xuruji qilinganida birinchilardan bo'lib, aloqaga chiqqan. Biz shunga odatlanganmiz: biror xavf haqida qo'limizda asosli informatsiya bo'lsa, albatta bildiramiz, ogoh qilamiz. Tinch aholi hayotini raxna ostiga qo'ymasligimiz kerak. Faqat ittifoqchilarimiz emas, hatto keskin ziddiyatda bo'lgan tomonlar bilan ham bu borada ishlaymiz, jumladan Rossiyaga ham bu axborotni uzatamiz",- deydi elchi Treysi.

"Afsuski, Rossiya rasmiylari bu ma'lumotga jiddiy qarashmadi, hatto uni safsata deya chetga surishdi. Biz bu informatsiyani Rossiya xavfsizlik organlariga mart oyi boshida berdik. Unda tahdid aynan "Islomiy davlat" dan kelayotgani aytilgan", - detdi diplomat.

"Konkret, ishonchli va o'z vaqtida uzatilgan axborot. "Islomiy davlat" dahshatli hamlani u qilganini tan oldi. Bu guruh faoliyatini dunyo razvedka xizmatlari biladi. Uning naqadar qonxo'r va zo'ravon tomon ekani oldidan oydin. 2022-yilda Rossiyaning Kobuldagi elchixonasiga ham hujum qilingan axir".

Vashington, deydi elchi Treysi, kelajakda ham Rossiyaga terror tahdidlari haqida ma'lumot uzatishda davom etadi. Teraktni tekshirishda yordamlashishga ham tayyor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG