Breaking News

AQSh yuk mashinasi haydovchilari tanqisligi bilan yuzlashmoqda


Bayram kayfiyatidagi amerikaliklar sovg’a-salom olish uchun do’konlarga shoshilar yoki buyurtmalarni internet orqali qilar ekan, mamlakat ta’minot tizimi oqsamoqda, mahsulotlarni bandargohlardan omborlarga, omborlardan esa do’konlar va xaridorlarga yetkazish kechikmoqda. Bunga asosiy sabab yuk haydovchilarining tanqisligi. Ba’zilar nazarida esa, yana bir muammo ta’minot zanjirida muvofiqlashtiruvning yetishmasligi.

Xalqaro hayot - 23-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:35 0:00

AQSh bandargohlari va omborlarida navbatlar va uzoq kutishlar. Amerika yuk haydovchilari uyushmasiga ko’ra, tizimda 80 ming haydovchiga ehtiyoj bor.

Yana bir omil, deydi transport va logistika sohasi mutaxassisi Deyvid Korrel, yuk haydovchilari uchun ish to’g’ri taqsimlanmagan, kuniga 11 soat mashina haydash ruxsat berilgan bo’lsa, ular o’rtacha 6,5 soat ishlashadi.

“Ularni o’rtacha 40 foizga kamroq ishlatishadi”, - deydi Korrel.

Mutaxassis buning sababini tushuntiradi.

“Yukni qabul qilish va manzilga yetkazishni rejalashda haydovchilarning vaqti qadrlanmaydi”, - deydi Korrel.

Los-Anjelesda yashovchi va yuk haydovchisi bo’lib ishlayotgan xitoylik bir muhojir bandargohda ko’p vaqt zoye ketishini aytadi.

“Ba’zan bir yukni olish uchun 6 soatdan 9 soatgacha kutishga to’g’ri keladi”, - deydi Bill ismli haydovchi.

- Kutish vaqti uchun pul to’lanadimi, - deya so'raydi undan muxbir.

- Yo’q, bu payt pul yo’qotamiz. Hamma yo’qotadi, - deydi Bill.

Haydovchilar omborlarda ham uzoq kutib qoladi. Marian ismli ruminiyalik muhojir uzoq masofaga yuk tashiydi.

“Omborlarga egalik qiluvchi kompaniyalar ishini qanday tashkil etishiga ko’p narsa bog’liq. Xodimlari yetarli darajada tayyorgarlikdan o’tganmi? Qilayotgan ishiga qanchalik mehr qo’ygan? Bizning ham pul ishlashimiz kerakligini tushunadimi?”, - deydi Marian.

Yuk haydovchilari odatda yaxshi pul topishadi. Dispetcherlarni tayyorlovchi maktabga asos solgan Jeyms Dzyanning aytishicha, bu sohaga kirayotganlar ko’paymoqda, ammo ish oson emas.

“Bu ishga loyiqmisiz? Qo’lingizdan keladimi? Oldin shuni aniqlab oling”, - deydi u.

Bayden ma’muriyati haydovchilar kamomadini hal qilish uchun shogirdlik dasturlarini hamda harbiy faxriylarni haydovchilikka o’qitishga imkoniyatlarni kengaytirishga umid qilmoqda.

Bu sohada kadrlar almashinuvining yuqoriligi yana bir muammo.

“Buning sababi shuki, AQShda tijoriy haydovchilik guvohnomasini talab qiluvchi 3,5 millionta ish bo’lsa, taxminan 10 million odamda shunday guvohnoma bor”, - deydi Pensilvaniya universitetidan sotsiolog Stiv Viselli.

Bu odamlarning ba’zilari yuk tashisa, noqulay ish jadvalidan charchagan haydovchilar qurilish kabi boshqa sohalarga o’tmoqda.

Chunki yuk mashinasini haydashga doir qoidalar haydovchining qachon uxlashi kerakligini ham belgilaydi.

“2-3 marta shunday bo’ldi. Kechki 6 dan so’ng mashinani qo’yish uchun joy topolmay xunob bo’ldim”.

Marian yo’lda yurishni yaxshi ko’rishini aytadi, biroq haydovchilar ko’p shikoyat qiladi, deydi u.

“Haydovchilar har xil narsadan xafsalasi pir bo’ladi. Ularga nisbatan hurmatsizlik haqida ko’p gapirishadi”, - deydi sotsiolog Viselli.

Mutaxassisning aytishicha, haydovchilar zarur mahsulotlarni mamlakat bo’ylab tashishda qilayotgan ishi, sarflayotgan vaqti qadrlanishini istaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG