Breaking News

Trampning farmoni apellyatsiya sudida


Farmon 27-yanvarda ilk bor joriy qilinganida yuzlab odamlar aeroportlarda ushlangan, ayrimlari deportatsiya qilingan edi. Ortidan Qo'shma Shtatlar bo'ylab namoyishlar avj olib, masala sudlarga oshirildi.
Farmon 27-yanvarda ilk bor joriy qilinganida yuzlab odamlar aeroportlarda ushlangan, ayrimlari deportatsiya qilingan edi. Ortidan Qo'shma Shtatlar bo'ylab namoyishlar avj olib, masala sudlarga oshirildi.

Prezident Donald Trampning aholisi asosan musulmon bo'lgan yetti davlatdan odamlarni Amerikaga yo'latmaslik haqidagi farmoni apellyatsiya sudida ko'rilmoqda.

San-Fransiskodagi apellyatsion sud seshanba kuni telefon konferensiya paytida har ikki tomon advokatlarini tingladi. Chiqishlar internetda va televideniyeda jonli uzatildi.

Sudyalar Prezident Tramp ma'muriyati nomidan so'zlagan advokat Ogast Flengini savolga tutdi. Ular man qilingan mamlakatlar fuqarolari Qo'shma Shtatlarda jinoyat sodir etgani haqida dalil yo'q, demoqda.

Vashington shtatidan huquqshunos Noa Pursell nazarida taqiq konstitutsiyaga zid, zero musulmonlarni nishonga oladi.

Kaliforniya universitetidan huquq bo'yicha professor Rori Fleming fikricha, hukumatning da'volari sudyalarni ishontira olmadi.

"Bu degani sudlar muhojirlar mamlakatda qolishi mumkin deya xulosa qilishi yoki masala qayta ko'rib chiqilsin deya birinchi instansiya sudiga jo'natishi mumkin", - deydi professor.

Bu orada, farmon vaqtincha to'xtatilgan bir paytda, muhojirlar Amerikaga kelishda davom etayapti.

Tanqidchilar fikricha, taqiq tiklansa, Amerika aeroportlarida yana vahima va chalkashlik kuzatiladi. Farmon 27-yanvarda ilk bor joriy qilinganida yuzlab odamlar aeroportlarda ushlangan, ayrimlari deportatsiya qilingan edi. Ortidan Qo'shma Shtatlar bo'ylab namoyishlar avj olib, masala sudlarga oshirildi.

Professir Fleming nazarida apellyatsion sud nima desa ham, ish Oliy sudgacha chiqishi ehtimoldan xoli emas. Oliy sudda o'tgan yili sudya Antonin Skaliya vafotidan beri liberal va konservativ qarashdagi sudyalar soni teng.

Xalqaro hayot - 8-fevral, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:58 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG