Breaking News

Koronavirus Trampga saylovda yordam berishi mumkinmi?


AQShda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash ba’zilar tomonidan saylov arafasida Prezident Donald Tramp faoliyatini baholash uchun a’lo imkoniyat sifatida ko’rilmoqda.

Xalqaro hayot – 2-aprel, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:58 0:00

“Biz halokatli virusga qarshi jang qilyapmiz. Uni mag’lub qilish bizdan kollektiv kuch, mehr va fidoiylik talab qiladi”, - deydi Tramp.

Ayrim kuzatuvchilar Trampning matbuot anjumanlaridagi chiqishlari reytingini oshirgani haqidagi gaplarini pandemiyaga siyosiy tus berishga harakat sifatida ko’rmoqda.

“Prezident brifinglarining reytingi qanday bo’lishi bilan ishimiz yo’q. Trampni AQShda koronavirusdan odamlarning o’layotganidan ko’ra reytinglar ko’proq qiziqtirayotgan ko’rinadi”, - deydi Ostindagi Texas universitetidan Shennon Obrayen.

Trampning saylov shtabi namoyishlar yo’qligi bois matbuot brifinglaridan foydalanib qolishga harakat qilyapti, deydi ayrimlar.

“Tramp qayta saylanish uchun matbuot brifinglarini ishga solayotgani aniq. U o’zini pandemiya markazida ko’rarkan va har kuni amerikaliklarga murojaat qilarkan, xalqni shu yo’l bilan birlashtira olaman deb o’ylamoqda. Qandaydir ma’noda bu ish beryapti, chunki reytingi bir necha punktga ko’tarilgan”, - deydi Virjiniya universitetining Siyosat markazidan Larri Sabato.

Ba’zan brifinglarga federal hukumatning pandemiyaga qarshi kurashiga hissa qo’shayotgan xususiy kompaniyalar rahbarlari ham taklif etilmoqda.

Yostiq ishlab chiqaruvchi “MyPillow” kompaniyasi endi maskalar ishlab chiqaradi. Uning rahbari Mayk Lindell Tramp muxlislaridan biri.

Odatda inqiroz paytida ma’muriy va moliyaviy resurslarga hokimlik qiluvchi davlat rahbari xalq mehrini qozonish imkoniga ega bo’ladi. So’nggi kunlarda Tramp reytingi prezidentligi davrida eng yuqoriga nuqtaga yetdi – 49 foizga.

“Tramp intizomliroq bo’lganida edi, xayoliy narsalar emas, dalillar bilan gapirganida edi, qayta saylangan bo’lardi. Hozir ham saylanish mumkin, garchi g’alaba salmoqli bo’lmasa-da. Qayta saylanishi uchun reytingini yana bir-ikki foizga oshirsa bas”, - deydi Sabato.

Ba’zi reklamalarda Tramp koronavirusga qarshi kurashda xatoliklarga yo’l qo’ygani aytilmoqda. Tramp saylov shtabi telestansiyalardan prezidentlikka da’vogar demokrat nomzodlarni qo’llab-quvvatlayotgan siyosiy harakat qo’mitasi buyurtirgan reklamalarni efirdan olib tashlashni talab qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG