Breaking News

Tramp: Do'stona tashqi siyosat yuritish tarafdorimiz


Tramp: Biz urush va zo'ravonlikka qarshimiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:20 0:00

Kongressning qo'shma majlisida gapirgan Prezident Donald Tramp ittifoqchilarga qarata AQSh yetakchilik rolini olishga tayyor ekanini aytdi.

"Bizning tashqi siyosatimiz dunyo bilan to'g'ridan-to'g'ri, kuchli va mazmunli aloqa qurishga qaratilgan. Amerika yetakchiligi xavfsizlik bo'yicha muhim manfaatlarga asoslanadi va bu masalada butun dunyo bo'ylab hamkorlarimiz bor", - deydi AQSh Prezidenti Donald Tramp.

U NATOni qo'llab-quvvatlashini bildirib, tashkilotni "fashizmni yer tishlatgan jahon urushi hamda kommunizmni taslim qilgan Sovuq urushdan omon chiqqan ittifoq", deb atadi. Tramp, shuningdek, hamkorlariga o'z moliyaviy majburiyatlarini bajarishni ham eslatib qo'ydi.

"NATOda, Yaqin Sharq yoki Tinch okeanida bo'ladimi, hamkorlarimiz harbiy va strategik amaliyotlarda bevosita va unumli ishtirok etib, xarajatlarning tegishli qismini ko'tarishlarini istaymiz", - dedi Tramp.

Trampning qo'shimcha qilishicha, AQSh tarixiy institutlarni hurmat qiladi, ammo davlatlarning suveren huquqlarini ham qadrlaydi.

"Ozod millatlar xalq irodasini ifodalashning eng yaxshi vositasidir. Amerika barcha davlatlarning o'z yo'lini tanlash huquqini hurmat qiladi", - dedi AQSh rahbari.

Dunyodagi urush va zo'ravonlik millionlab odamlarni uy-joylarini tashlab qochishga majbur qildi. "Gumanitar inqirozlarning uzoq muddatli yagona yechimi, - deydi Tramp, - qochoqlar uchun uyga qaytishning xavfsiz sharoitlarini yaratish hamda uzoq muddatli qayta qurish jarayonini boshlash".

"Amerika yangi do'stlar topish va o'zaro manfaatli yangi hamkorliklar qurishni istaydi. Biz tinchlik va barqarorlik xohlaymiz, urush va nizo emas", - deydi Tramp.

"Qayerda bo'lmasin, biz tinchlik xohlaymiz. Amerika bugun sobiq dushmanlari bilan do'st. Yaqin ittifoqchilarimizning ayrimlari o'n yillar oldin Jahon urushida qarama-qarshi tomonda kurashgan. Tarix bizga yaxshiroq dunyo qurish mumkinligini ko'rsatadi", - dedi AQSh rahbari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG