Breaking News

Donald Trampga qarshi uchinchi ayblov


AQSh maxsus prokurori Jek Smit sobiq prezident Donald Trampga qarshi so’nggi to’rt oyda uchinchi ayblovni e’lon qildi. Vashingtondagi federal katta hakamlar hay’ati Trampni 2020-yil prezident saylovi natijasini o’zgartirishga noqonuniy harakatda aybdor deb topdi.

Xalqaro hayot - 2-avgust, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:58 0:00

Smitning aytishicha, Trampning yolg’onlari tarafdorlarini Kapitoliy binosini ishg’ol qilishga rag’batlantirdi.

"2021-yil 6-yanvarida Kapitoliyga hujum Amerika demokratiyasiga misli ko’rilmagan tajovuz bo’ldi. Ayblanuvchining yolg’onlari bunga turtki berdi, AQSh hukumatining asosiy vazifasiga to’sqinlik qilishni maqsad qildi, ya’ni prezident saylovida ovozlarni to’plash, hisoblash va tasdiqlash jarayoniga”, - dedi maxsus prokuror.

2024-yilda qayta saylanishga umid qilayotgan Trampning saylov shtabi ayblovga javoban quyidagi mazmunda bayonot chiqardi: “Prezident Tramp ko’plab yuqori malakali huquqshunoslar maslahati bilan hamisha qonun va Konstitutsiyaga bo’ysungan”.

Payshanba kuni Tramp yangi ayblov yuzasidan sudya oldiga ilk bor chiqishi kutilmoqda. Sud jarayoni kelasi yil mayiga belgilangan.

Prokuror Smit bungacha Trampni o’nlab o’ta maxfiy hujjatlarni Floridadagi uyida saqlaganlikda ayblagan. Prezident Oq uyni tark etganidan so’ng hujjatlar Milliy arxivga topshirilishi kerak bo’lgan.

Tramp ketma-ket ayblovlarga yuz tutishiga qaramay, prezidentlik uchun respublikachi da’vogarlar orasida oldinda ketmoqda.

"Ayblovlaring barchasi ahmoqona. Ular saylovga ommaviy ravishda aralashishga harakat qilmoqda. Asl maqsadlari shu o’zi. Peshqadam nomzodga zarar berishmoqchi”, - dedi Tramp.

Har yangi ayblov ketidan Trampning reytingi oshib bormoqda. Eng qizig’i, aksariyat raqiblari, hatto so’rovlarda ikkinchi o’rinda ketayotgan Florida gubernatori Ron Desantis Tramp bilan hamfikr.

“Adliya vazirligi amaldagi prezidentga qarshi nomzodini qo’ygan har bir da’vogarning ketiga tushgan. Reyting yuqori bo’lsa, ayblovga yuz tutishingiz ehtimoli baland”, - deydi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti.

Palataning respublikashi a’zosi Marjori Teylor maxsus prokuror Smitni davlat muassasalaridan siyosiy qurol sifatida foydalanayotganlikda aybladi.

"Jek Smit hukumatni qurolga aylantirib olgan Prezident Tramp va 6-yanvar voqealari haqida yolg’on so’zlab; Adliya vazirligidan unga qarshi qurol sifatida foydalanmoqda”, - deydi qonunchi ayol.

Oq uy Trampga qarshi ayblovlar ortida turganini inkor etib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG