Breaking News

Bir guruh amerikalik musulmonlar Donald Trampni yoqlamoqda


Trampni yoqlayotgan musulmonlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00

Respublikachilardan kutilmagan nomzodning kutilmagan tarafdorlari – Amerikaning bir guruh musulmonlari prezidentlik uchun Donald Trampni yoqlamoqda. Ularga ko’ra, Trampning muhojirlar va musulmonlarga oid qarashlari keskin, ammo haqiqatdan holi emas.

Respublikachilar qurultoyida kutilmagan hodisa yuz berdi. Musulmon amerikalik sahnaga chiqib, Donald Trampni qo’llab-quvvatlashini e’lon qildi.

“U islomdagi nafrat qayerdan kelayotganini bilmoqchi”, - deydi u.

Sajid Tararning aytishicha, amerikalik musulmonlar Trampning bahsli takliflarini qabul qilishga tayyor.

“Xavflarni qanday bartaraf etishni to’liq tushunmagunimizcha, AQSh, Yevropa yoki ittifoqchilarimizga qarshi terrorizm tahdidlari mavjud hududlardan muhojirlar kelishini bekor qilaman”, - degan edi Tramp.

“Musulmonlar Tramp uchun” nomli guruhga respublikachi nomzodning aynan immigrantlar haqida aytganlari ma’qul kelmoqda.

Ular “Amerika Ovozi”ga buning sababini tushuntirdi.

“Amerika xavfsizligi Donald Tramp uchun eng muhim masala. Musulmon amerikalik bo’lish ham men uchun muhim”, - deydi Tarar.

“Musulmonlarni vaqtincha kiritmasdan chuqur tekshirgan yaxshi”, - deydi yana bir musulmon.

Kazan Turkiyada konservativ musulmon oilasida ulg’aygan. Keyinroq AQShga ko’chib kelgan.

Trampning demokratlarga oid tanqidi ham Kazanga ma’qul.

“Radikal islom nimaligini bilaman. Bu juda muhim masala. Chunki hamma o’zini olib qochadi, musulmonlarni haqoratlab qo’yishdan qo’rqadi. Islom zudlik bilan islohotga muhtoj. Hillari Klinton va Obama bizga yordam berishni xohlamayapti”, - deydi u.

Noyabrda bo’layotgan saylovda musulmonlar ovozi qanchalik muhim rol o’ynaydi?

Fevralda o’tkazilgan so’rovga ko’ra, ularning Trampga ovoz berish ehtimoli juda kam. Musulmonlarning uchdan ikki qismi o’zini demokrat sanaydi. Faqat 11 foizi Trampga ovoz berishini aytgan. So’rov Amerika Islom aloqalari kengashi tomonidan o’tkazilgan.

“Eng ko’p masjidlar Florida va Ogayo shtatlarida yig’ilgan. Virjiniada ham yuz mingdan ortiq musulmon bor. Demak, ular saylovda o’z o’rniga ega bo’ladi. Yuz minglab musulmonlar bilan uchrashgan bo’lsam, faqat ayrimlari Trampni qo’llab-quvvatlashini aytgan”, - deydi kengash vakili Robert Makkou.

Tarar bu narsa o’zgarishiga ishonadi.

“Avvalo, biz respublikachilarmiz, chunki biz konservativ o’lkalardan konservativ qadriyatlar bilan kelgan odamlarmiz. Tramp endi islomchilarga taqiq qo’yish nimani anglatishini yaxshilab tushuntirmoqchi. Musulmonlar unga qo’shiladi, deb umid qilaman”, - deydi Tarar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG