Tramp ma'muriyati federal yerlar muhofazasini qayta ko'rib chiqadi

  • Amerika Ovozi

Prezident Donald Tramp milliy yodgorliklar sifatida tanilgan federal yerlar maqomini qayta ko'rib chiqishni buyurdi. Ko'plab faollar xavotiriga ko'ra, bu farmon o'nlab himoya ostidagi tabiat zonalarini xavf ostida qoldirishi mumkin.

Farmon 20 yil davomida muhofaza ostiga olingan 24 milliy yodgorlikni qayta ko'rib chiqadi.

"Bugun men federal vakolatning suiiste'mol qilinishiga chek qo'yib, bu huquqni shtatlarga, odamlarning o'ziga qaytarishni ko'zda tutuvchi qarorni imzolayapman", - dedi Tramp.

Mamlakat g'arbidagi ko'plab maskanlar, xususan, Yutadagi mashhur milliy yodgorlik ham qayta ko'rib chiqiladi. Yarim million gektarlik yer mahalliy hindular uchun vatan.

Tramp ma'muriyati tanqidlarni aritishga harakat qildi.

"Shuni bilib qo'ying. Bu farmon hech bir yodgorlikni yo'q qilmaydi. Davlat yeridagi atrof-muhit himoyasi ham zaiflashmaydi", - dedi Madaniy va tabiiy boyliklar bo'yicha vazir Rayn Zinke.

Trampga ko'ra, bir asrlik qonunga asoslangan tartib ko'plab iqtisodiy foydalarni yo'qqa chiqarmoqda va shu bois qayta ko'rib chiqilishi kerak. Tanqiqchilar esa bunday fikrda emas.

"Bu iqtisodiy foyda yoki jamoatchilik nazorati haqida emas. Ular iqtisodiy taraqqiyotni deb eng bebaho boyliklarimizni himoyadan ayirmoqchi", - deydi huquqshunos Piter Shelli.

Milliy parklar va yodgorliklar amerikaliklar orasida juda mashhur. Tramp noroziliklarni tushunishini, lekin to'g'ri ish qilayotganiga ishonishini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG