Breaking News

Demokratlar Trampni yana Rossiya bilan bog'liq masalada koyimoqda


“Nyu-York Tayms” gazetasining AQSh razvedkasidan olingan ma’lumotga tayanib xabar berishicha, Rossiya Tolibonga aloqador jangarilarga AQShning Afg’onistondagi askarlari o’limi uchun mukofot puli taklif etgan. Prezident Donald Tramp xabarni soxta deb atadi, Rossiya ham uni safsata demoqda.

Xalqaro hayot – 30-iyun, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:34 0:00

“Razvedka idoralari o’rtasida bu masalada yakdillik yo’q. Ma’lumot tasdiqlanmaguncha prezidentga uzatilmaydi”, - deydi Oq uy matbuot kotibi Kayli Makenani.

Senatdagi demokrat qonunchilar Trampning bu xabarga munosabatini tanqid qilmoqda.

“Prezident Tramp, har ikki holatda ham siz mag’lubsiz. Agar sizga bunday muhim xabarni yetkazishmagan bo’lishsa, idorani qanday boshqaryapsiz? Agar sizga ma’lumot uzatilgan bo’lsayu, chora ko’rmayotgan bo’lsangiz, bundan yomoni yo’q. Uyat!” – dedi nyu-yorklik senator Chak Shumer.

Respublikachi qonunchilar ham razvedka ma’lumoti Trampga nega uzatilmaganini bilmoqchi va prezidentdan masalaga jiddiy yondashishni so’radi. Bu Trampning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin oldida ojizligiga yana bir isbot, deydi demokratlar.

“Prezident bundan xabari yo’qligini aytadi, ammo nega ma’lumot uzatilmaganidan g’azabda emas? Nega ma’lumotni talab qilmayapti? Prezidentimizning Putin oldida tili qisiq ekaniga yana bir dalil bu”, - deydi demokrat kongressmen ayol Ketrin Klark.

Oq uy tanqidlarni inkor etmoqda.

“Prezident Tramp yuzlab rossiyaliklarga sanksiyalar qo’yib, o’nlab diplomatlarini haydab, Rossiyaning ikkita konsulligini yopib, “O’rta va kichik masofali raketalarni yo’q qilish shartnomasi”dan chiqib, boshqa choralar orqali Rossiyaga nisbatan o‘ta qattiq siyosat yuritmoqda”, - dedi Makenani.

Tolibon ham Rossiya unga amerikalik harbiylari boshi uchun mukofot puli taklif etganini inkor etmoqda. “Nyu-York Tayms” uzatgan ma’lumotni Britaniya razvedkasi tasdiqlagani aytilmoqda. Kongressdagi yetakchi demokratlar razvedka idoralarini ushbu ma’lumot bilan barcha qonunchilarni tanishtirishga chaqirib, Trampning bu masaladan qanchalik xabardor ekanini surishtirmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG