Tramp: AQSh - Boltiqbo'yi davlatlari himoyachisi

  • Amerika Ovozi

Prezident Donald Tramp Oq uyda Finlandiya rahbari Sauli Niinisto bilan, 28-avgust, 2017

Qo'shma Shtatlar Boltiq dengizi bo'yidagi davlatlarni o' z hamkorlari va do'stlari deb biladi, deydi Prezident Tramp, shu bois ularga nisbatan har qanday tahdidga jiddiy qaraydi. Gap Latviya, Litva va Estoniya haqida ketmoqda.

"Bu mintaqa qanotimiz ostida", - dedi Tramp Oq uyda Finlandiya rahbari Sauli Niinisto bilan muloqot ketidan.

Finlandiya, ma'lumki, bu regionga qo'shni.

"Biz u yerdagi davlatlarga g'amxo'rmiz, do'stlarimiz ular, hamkorlik joyida".

Tramp fikricha Rossiya Finlandiya bilan iliq aloqada va Vashington-Moskva orasidagi munosabatlar ham yaxshilanishi kerak.

"Rossiya bilan rishtalarni ijobiylashtirish - asosiy maqsadlarimizdan", - deydi Tramp.

Niinisto deydiki, NATO va unga boshchi AQSh Yevropa uchun ulkan ahamiyatga ega. NATO va Rossiya orasidagi muloqotni jonlantirib, yangi sahifa ochish hammaga birdek foyda, deydi Finlandiya prezidenti.

Terrorizmga qarshi kurash muhokama qilinar ekan, yaqinda Finlandiyaning Turku shahrida yuz bergan xuruj tilga olindi. Unda sakkiz kishi o'lgan.

Niinisto Oq uyda bo'lganida Arktika mintaqasidagi izlanishlar va global iqlim bilan bog'liq masalalar haqida ham gap ketgan.

"Arktika boy berilsa, sayyoramizni boy bergan bo'lamiz", - deydi Finlandiya rahbari u yerda erib borayotgan muzlarga ishora qilib.

Tramp va uning rahbariyati nazarida esa global iqlimdagi o'zgarishlar u qadar salbiy emas va vahimaga hojat yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG