Breaking News

Trampning nutqiga nisbatan tanqid va olqishlar

  • Amerika Ovozi

Trampning Kongressdagi nutqiga munosabat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:57 0:00

Donald Tramp Kongress va xalqqa murojaatida prezidentligining birinchi yilida qilingan ishlarni sarhisob qildi. Immigratsiya va iqtisod bobida yangi takliflarni olg’a surdi. Oddiy odamlar orasida prezident nutqiga munosabat turlicha.

Chikagoda yosh respublikachilar Tramp nutqini tomosha qilishdi.

“Men xohlagan gaplarni aytdi. Nazarimda, u mamlakatni to’g’ri yo’ldan boshlayapti. Butun sistemani isloh qilayapti”, - deydi Emmanuel Harris.

Los-Anjelesda murojaatni tinglagan ayollardan birining aytishicha, Tramp muhim mavzularni tilga olmadi.

“Ekologiya haqida og’iz ochmadi. Tinchlik haqida emas, asosan urushlar haqida gapirdi. Ayollar huquqlari ham chetda qoldi", - deydi Rene Chanon.

Respublikachilar fikricha, hammaga taalluqli mavzular ham ko’p.

“Masalan, iqtisodiy farovonlik. Zo’ravon jinoiy guruhlarni yo’q qilish”, - deydi Jeff Halm, Chikago yosh respublikachilari guruhi rahbari.

Nyu-Yorklik Graziyella Matti Trampning jinoyat va immigratsiya haqidagi gaplariga qo’shilmaydi.

“Shunday gapirdiki, g’oyo Amerikaga kirib kelayotgan har bir odamdan qo’rqish kerak, go’yo hammamiz bir kuni jabr ko’ramiz ulardan”.

Ko’pchilik immigratsiyani cheklash tashabbuslariga qarshi.

“Men bilgan Amerika o’zgaryapti”, - deydi Kelli Ayfil.

Nensi Heym deydiki, bunga Donald Tramp sababchi. “AQSh bundan buyon faqat o’zini o’ylaydi degan tasavvur paydo bo’lmoqda”, - deydi u.

Alabamalik saylovchi prezident o’z nutqida qat’iyat ko’rsatganidan mamnun.

“Irodamizni savolga tutadiganlar yaxshilab o’ylab ko’rishi kerak”, -deydi Stiven Shloss.

“Xalqni birlashtiruvchi gaplar ham bo’ldi nutqda”, - deydi Klark Stil, tadbirkor.

Ayrim amerikaliklar deydiki, tarqoqlik manbai Trampning o’zi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG