Breaking News

Tramp soliq tizimi islohotiga zo'r bermoqda


Xalqaro hayot - 16-noyabr - Tramp soliq tizimi islohotiga zo'r bermoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:34 0:00

Xalqaro hayot - 16-noyabr - Tramp soliq tizimi islohotiga zo'r bermoqda

Prezident Donald Tramp Osiyo bo’ylab 12 kunlik safardan qaytgach, ichki masalalar bilan shug’ullanishga kirishdi. Davlat rahbari qonunchilarni yangi soliq kodeksini qabul qilishga da’vat etmoqda. Saylov kampaniyasi paytida Tramp tizimni isloh qilishga va’da bergan edi.

Biroq o’tgan hafta ikki shtatda gubernatorlikka muxolif demokratlardan nomzodlar saylangach, Tramp va Kongressdagi respublikachilar uchun bu vazifa endi qiyinlashishi mumkin.

Prezident Tramp Osiyo safari paytida erishilgan yutuqlar haqida gapirdi.

“Xavfsizlik bobida, savdo bobida, harbiy aloqalar bobida ko’p narsalarga erishdik”, - dedi u.

Endi esa prezident tashqi siyosatdan ichki siyosatga diqqatini qaratmoqda. Xususan, keyingi yilgi Kongress saylovlarigacha soliq tizimi islohotini amalga oshirmoqchi.

“2016-yil saylov kampaniyasi ana shu shior ostida o’tdi. Prezident soliqlarni tushirmoqchi, tizimni isloh qilmoqchi. Amerika xalqiga bergan va’dalarni bajarmoqchimiz”, - dedi Vakillar palatasi spikeri Pol Rayan.

Tramp Osiyoda besh mamlakatni kezguncha, demokratlar Nyu-Jersi va Virjiniya shtatlarida o’tgan gubernatorlik saylovlarida g’alabaga erishdi. Bu respublikachilar uchun siyosiy zarba, deydi ekspert Kayl Kondik.

“Prezident xalqni bo’lib qo’ygan, reytingi 40 foizdan oshmayapti. Demokratlar bundan ruhlanib saylovda faol ishtirok etmoqda”, - deydi u.

Agar shunday davom etsa, Vakillar palatasi 2006-yildan beri ilk bor demokratlar nazoratiga o’tishi mumkin.

“To’lqin ko’tarilayotganini sezyapsizmi? 2005-yilda ham shunday bo’lgan edi”, - deydi Senatda demokratlar sardori Chak Shumer.

Trampning eng past reytingi respublikachilar uchun ogohlantirish bo’lishi kerak, deydi tahlilchi Jon Fortye.

“Agar vaziyat shunday davom etsa, Respublikachilar partiyasi uchun keyingi saylovlarda hatto mavqeini saqlab qolish ham ancha qiyin bo’ladi”, - deydi mutaxassis.

Biroq faqat Trampga qarshi chiqish bilan ish bitmaydi, deydi yana bir siyosatshunos.

“Demokratlar saylovda nafaqat aksil-Tramp ekanini, balki ishni, siyosatni uddalay olishini, aniq rejasi borligini ham ko’rsatishi kerak”, - deydi Jim Kessler.

Ikki shtatdagi saylov natijalari demokratlarga 2020-yil prezident saylovlarida ham umid va kuch bag’ishlashi kerak, ammo unga hali ancha vaqt bor, deydi Kayl Kondik.

“Prezident 2020-yilga borib siyosiy murda bo’ladi deb aytolmayman. Axir 2016-yil saylovidan oldin ham reytingi past edi, biroq g’alaba qozonishning yo’lini topdiku”, - deydi ekspert.

Respublikachilarning keyingi kuzda bo’ladigan saylovlardagi g’alabasi soliq islohotini qanchalik samarali va tez o’tkazishiga bog’liq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG