Breaking News

Erdog'an muxolifat bilan kelisha oladimi?


Erdog'an muxolifat bilan kelisha oladimi?
Erdog'an muxolifat bilan kelisha oladimi?

Turkiyada yaqinda o’tgan parlament saylovlarida “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi g’alaba qildi, lekin konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish uchun oliy majlisdagi o’rinlarning uchdan ikki qismini egallashi kerak edi.

Shunday ekan, Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an muxolifat, ayniqsa kurdlar manfaati uchun kurashib kelayotgan siyosiy doiralar bilan murosa qilishi shart.

“Adolat va Taraqqiyot” - Turkiya tarixida ketma ket uch bor saylangan yagona partiyadir. 550 o’rinli Buyuk Millat Majlisida u hozir 326ta o’ringa ega.

Erdog’an hokimiyatda qoladi, ammo kelishmovchiliklarga yechim topish uchun oppozitsiya bilan kelishib ishlashga majbur, deydi siyosiy tahlilchi Chingiz Aktar.

Erdog'an muxolifat bilan kelisha oladimi?
Erdog'an muxolifat bilan kelisha oladimi?

Bosh vazir saylovdan so’ng bergan dastlabki bayonotida bu haqiqatni tan olgan.

“Muxolifat bilan, parlamentga kirolmagan boshqa partiyalar, shuningdek fuqaro jamiyati va ziyolilar bilan maslahatlashamiz”, - deydi bosh vazir.

Erdog’an bundan oldin ham shunday va’dalar bergan, ammo asosiy oppozitsion kuch “Jumhuriyat Xalq” partiyasi bilan til topisha olmagan edi.

O’zgartirilishi nazarda tutilgan konsitutsiya 1982 yilda harbiy rahbarlar tomonidan bitilgan.

“Jumhuriyat Xalq” partiyasi hozir 135 o’rin bilan parlamentdagi ikkinchi siyosiy kuch.

Tahlilchilar nazarida “Jumhuriyat Xalq” partiyasi rahbariyati o’zgardi va “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi bilan bu gal kelisha olishi mumkin.

Kurdlar huquqini himoya qilayotgan BDP, “Tinchlik va Demokratya” partiyasi doirasida mustaqil qatnashgan nomzodlardan parlamentda 36 vakil bor.

Bu partiya, Turkiyada muxtoriyat talab qilayatgan PKK, kurd millatchilar harakati bilan turk davlati o’rtasidagi kurashga yechim topish uchun bosh vazirga bosim o’tkazishi kutiladi.

Qariyb 27 yildan buyon jangarilarga qarshi olib borilgan kurash jarayonida kamida 40 min fuqaro halok bo’lgan.

Erdog'an muxolifat bilan kelisha oladimi?
Erdog'an muxolifat bilan kelisha oladimi?

Kurdlar fraksiyasi oliy majlisdagi sonini yanada oshirgani, deydi ziyolilar, Turkiyada demokratik tizim barqarorligidan dalolat beradi. Lekin turk-kurd masalasi yanada murakkablashgan.

“Hukumat kurdlar huquqini talab qilganlarning barchasini terrorchi deb biladi. Men shaxsan fuqarolar o’limiga qarshiman, janglar toxtatilishi kerak. Masala tinch yo’l bilan hal etilishi kerak”, - deydi parlamentga yangi saylangan kurd siyosatchi Sureyya Onder.

Bosh vazir Erdog’an g’alaba ketidan bergan bayonotida hukumat kurdlar talabining katta qismini allaqachon qondirgan dedi va yangi konstitutsiyada bunga ko’proq etibor berishini aytdi.

“Yanada demokratik konstitutsiya ishlab chiqiladi. Yangi qomus jamiyatimizning barcha qatlamlari, sharq yoki g’arbdagi fuqarolarimiz manfaatlarini birdek ko’zlaydi,”- deydi bosh vazir.

Amerika Turkiyani demokratik saylovlar bilan qutlab, bu davlatni yaqin ittifoqchi va hamkor deya qayd etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG