Breaking News

Eronni jazolashda Turkiya muhim rol o’ynashi mumkin


Eronni jazolashda Turkiya muhim rol o’ynashi mumkin
Eronni jazolashda Turkiya muhim rol o’ynashi mumkin

G’arb Eronga qarshi yangi sanksiya qo’yish haqida o’ylanar ekan, siyosatdonlar deydiki, jazo choralari ish berishi uchun jarayonga Turkiyani ham jalb qilish kerak.

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Alan Juppe kecha Anqarada rasmiylar bilan shu haqda gaplashgan.

Fransiya-Turkiya muzokaralaridan ikki asosiy mavzu o’rin olgan – Suriyada sakkiz oydan beri davom etayotgan xunrezlikni to’xtatish hamda Eronga qarshi yangi sanksiyalar.

Eronni jazolashda Turkiya muhim rol o’ynashi mumkin
Eronni jazolashda Turkiya muhim rol o’ynashi mumkin

BMT qoshidagi xalqaro atom boshqarmasi kecha qabul qilgan rezolyutsiyada Eron yadro dasturi yuzasidan “chuqur xavotir” bildirdi. Bu mamlakat atom quroli yaratishni ko’zlayapti va buni isbotlovchi dalillar bor, deyiladi hujjatda.

Rasmiy Tehron buni inkor etsa-da, sanksiyalarni kuchaytirishga qaratilgan muhokamalar allaqachon boshlab yuborilgan. Tahlilchi Mehrdod Omadiy bu borada Turkiya bilan maslahatlashgan ma’qul deb hisoblaydi.

“Turkiyaning mintaqada mavqei baland. Sanksiyalarni effektiv qo’llashda yordam berishi mumkin. Turkiya Eron bilan savdo-sotiqni to’xtatmasa bunday jazo baribir ish bermaydi”, - deydi u.

Gap shundaki, Turkiyaning AQSh va Yevropa yakka tartibda qabul qilgan bosim choralari bilan ishi yo’q. U BMT sanksiyalarini tan oladi xolos. Buning ortida iqtisodiy-moliyaviy manfaatlar yotadi, deydi ekspert Soli Ozel.

Eronni jazolashda Turkiya muhim rol o’ynashi mumkin
Eronni jazolashda Turkiya muhim rol o’ynashi mumkin

“Turkiya gazining 20 foizi Erondan keladi. Markaziy Osiyo orqali yuk tashishda ham hamkor ular. Lekin bu safar ittifoqchilar murojaatiga quloq tutsa ajabmas”, - deydi ekspert.

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyip Erdog’an sanksiyalarni shu kungacha ro’yirost quvvatlamagan, chunki uning nazarida ulardan hukumat emas, oddiy xalq jabr ko’radi. Biroq qo’shni Suriya qonga belangan bir paytda, Anqaraning pozitsiyasi o’zgarayotgan ko’rinadi.

Murod Bilhan Turkiya tashqi ishlar vazirligida strategik tadqiqotlar bo’limini boshqargan. Agar G’arb yaxshilab iltifot ko’rsatsa, Anqarani gapga ko’ndirish mumkin, deydi u.

“Ko’p narsa yondashuvga bog’liq. Har bir bosqichda Anqara bilan maslahat qilish kerak”, - deydi Bilhan.

Shu bois Fransiya tashqi ishlar vazirining Turkiyaga tashrifi bejiz emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG