Breaking News

Koronavirus: Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar tashabbus ko‘rsatyapti


Turkiyada koronavirus: Qiynalib qolgan vatandoshlarga yordam loyihasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:48 0:00

Koronavirus pandemiyasi Turkiyadagi kundalik hayotga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Hukumat bir qator cheklovlar joriy etgan: 65 yoshdan kattalarning ko‘chaga chiqishi taqiqlandi, do‘konlarning ish vaqti qisqartirildi, tamaddixonalar va masjidlar yopildi, ta’lim masofaviy usulda davom ettirilyapti.

Dehqon bozorlarida ham savdo susaygandek.

“Bugun ertalab savdo yaxshi edi, keyin sekinlashdi. Keksalarning bozorga kirishiga politsiya ruxsat bermayapti. Yaxshilikka bo‘lsin hammasi”, – deydi Izmir shahridagi dehqon bozoridagi sotuvchi.

Hukumat xavfli infeksiya haqida xalqning xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Aholi shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishga va iloji boricha tashqariga chiqmaslikka undalmoqda.

Ko‘chalarda koronavirus xavfidan ogohlantiruvchi bannerlarni ko‘rish mumkin, bekatlarda antiseptik vositalar o‘rnatilgan. Ko‘chalar va xiyobonlar avvalgidek gavjum emas. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an xalqqa murojaat yo‘llab, ko‘rilayotgan choralarni tushunish bilan qabul qilishni va sabrli bo‘lishni so‘radi.

Turkiyaning turli oliygohlarida tahsil oladigan o‘zbekistonlik yoshlar videomurojaat tayyorlab, yurtdoshlarni hozirgi murakkab vaziyatda hushyorlikka chaqirdi.

“Biz qo‘rquv va vahimaga tushganimiz yo’q, sizning ham sog‘-omon bo‘lishingizni istaymiz. Aziz vatandoshlarimizdan shuni iltimos qilamizki, virus keng tarqalmasligi uchun barcha ehtiyot choralarni ko‘ring, gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling, yolg‘on xabarlarga ishonmang va tushkunlikka tushmang. Nafaqat o‘zingiz, balki oilangiz va yaqinlaringizning sog‘ligiga ham katta e’tibor bering. Jamoat joylaridan, bozorlardan va gavjum joylardan uzoqroq bo‘ling. Ishonamizki, biz bir xalq va bir yurak bo‘lib kurash olib borsak, osonlik bilan buni yengamiz”, – deyiladi videomurojaatda.

Bundan tashqari, Turkiyadagi o‘zbek talabalar jamiyati ham tashabbus bilan chiqib, ayni payt Turkiyada qiynalib qolgan vatandoshlarga yordam qo‘lini cho‘zmoqchi. Jamiyat faollari tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanyapti, mahalliy homiylar ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlayapti.

“Turkiyada talaba bo‘lsin, bo‘lmasin, fuqarolarimiz va yurtdoshlarimiz orasida karantin tufayli ko‘chaga chiqa olmay qiyin vaziyatga tushib qolganlar bor. Ularga yordam ko‘rsatish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari va tozalik vositalari yetkazib berish uchun bir loyiha boshladik. Loyihaga kirishishdan avval Turkiyada kimlarning yordamga ehtijoyi borligini aniqlashimiz kerak edi, buning uchun e’lon berdik. Shu kungacha mingga yaqin murojaatlar kelib tushdi”, – deydi jamiyat vakili Fayzullaxon Otaxonov.

Turkiyadagi o‘zbek talabalar jamiyati vakilining aytishicha, murojaatlarning asosiy qismi O‘zbekistonga qaytish niyatidagi vatandoshlardan charter reys chiptasi bo‘yicha kelib tushgan.

Biroq bu yordam kampaniyasi doirasiga kirmaydi, deydi u. Ayni paytda yordam beriladigan vatandoshlarning ro‘yxatini tuzish davom etyapti.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG