Breaking News

Donetsk aholisiga uyda o'tirish tavsiya qilindi

Ukraina maxsus kuchlari Donetsk viloyatining Slavyansk shahrida rossiyaparast kuchlar bilan jang qilmoqda, 31-may, 2014-yil
Ukraina maxsus kuchlari Donetsk viloyatining Slavyansk shahrida rossiyaparast kuchlar bilan jang qilmoqda, 31-may, 2014-yil
Ukraina muvaqqat ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Donetsk viloyati aholisini separatistlarga qarshi amaliyot paytida uyda o’tirishga chaqirmoqda. Avakov viloyatning Slavyansk, Kramatorsk va Krasniy Liman shaharlari aholisini ayniqsa ogohlantirgan.

Bugun Rossiya chegarasi yaqinida yuzlab qurollangan separatistlar armiya kuchlari bilan olishgan. Yetti kishining nobud bo’lgani ma’lum.

Lugansk viloyatida ham janglar kechmoqda. AQSh nazarida Rossiya separatistlarga qurol va odam bilan yordam bermoqda. Rossiya esa o’z navbatida Ukraina hukumatini insoniyatga qarshi jinoyatda ayblamoqda. Kecha viloyat hokimiyati havodan o’qqa olingan. Bir necha kishi, jumladan tinch aholi o’lgan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma’lum qilishicha, Birlashgan Millatlar Tashkilotida insonparvarlik yordamini tashkillashtirish uchun gumanitar korridor ochishga qaratilgan rezolyutsiya muhokama qilinmoqda.

Oq uyning bildirishicha, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden shu hafta Kiyevga borib, yangi saylangan prezident Pyotr Poroshenkoning qasamyod keltirish marosimida ishtirok etadi.

Ukraina bugun

Ukrainalik zobitlar va shifokor yarador harbiyni Slavyansk yaqinidagi kasalxonaga olib kirmoqda, Ukraina, 3-iyun, 2014-yil
1/9 Ukrainalik zobitlar va shifokor yarador harbiyni Slavyansk yaqinidagi kasalxonaga olib kirmoqda, Ukraina, 3-iyun, 2014-yil
Kobani Return
2/9 Kobani Return
Ukraina chegarachilari lageriga qarashli imoratlar, hujumdan so'ng, Lugansk, Ukraina, 3-iyun, 2014-yil
3/9 Ukraina chegarachilari lageriga qarashli imoratlar, hujumdan so'ng, Lugansk, Ukraina, 3-iyun, 2014-yil
Hujumga uchragan yuk mashinasining oynasi orqali Ukraina chegara posti ko'rinmoqda, Lugansk, Ukraina, 3-iyun, 2014-yil
4/9 Hujumga uchragan yuk mashinasining oynasi orqali Ukraina chegara posti ko'rinmoqda, Lugansk, Ukraina, 3-iyun, 2014-yil
Rossiyaparast odam ukrainalik habriylarni nishonga olmoqda, Lugansk chekkasi, Ukraina, 3-iyun, 2014-yil
5/9 Rossiyaparast odam ukrainalik habriylarni nishonga olmoqda, Lugansk chekkasi, Ukraina, 3-iyun, 2014-yil
Ukraina sharqidagi jangari yuqori qavatli imoratning tomidan turib nishonga olmoqda, Lugansk chekkasi, Ukraina, 3-iyun, 2014-yil
6/9 Ukraina sharqidagi jangari yuqori qavatli imoratning tomidan turib nishonga olmoqda, Lugansk chekkasi, Ukraina, 3-iyun, 2014-yil
Kiyev yaqinida Milliy gvardiyaga qarashli "Donbass" mudofaachilari batalyoni a'zolari mashqda ishtirok etmoqda, Ukraina, 2-iyun, 2014-yil
7/9 Kiyev yaqinida Milliy gvardiyaga qarashli "Donbass" mudofaachilari batalyoni a'zolari mashqda ishtirok etmoqda, Ukraina, 2-iyun, 2014-yil
Rossiyaparast faol Ukraina sharqidagi Drujkovka shahrida yo'l harakatini tartibga solmoqda, 2-iyun, 2014-yil
8/9 Rossiyaparast faol Ukraina sharqidagi Drujkovka shahrida yo'l harakatini tartibga solmoqda, 2-iyun, 2014-yil
Ukraina harbiylari Slavyanskda pozitsiyalarini egallamoqda, Ukraina, 2-iyun, 2014-yil
9/9 Ukraina harbiylari Slavyanskda pozitsiyalarini egallamoqda, Ukraina, 2-iyun, 2014-yil
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG