Breaking News

BMT Afg'onistonga pulni maxsus jamg'arma orqali o'tkazmoqchi


Kobullik ayollar namoyish qilmoqda, 21-oktabr, 2021-yil
Kobullik ayollar namoyish qilmoqda, 21-oktabr, 2021-yil

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg’onistonda “xalq iqtisodiyoti”ni to’g’ridan-to’g’ri naqd pul bilan ta’minlash maqsadida maxsus jamg’arma ochgan. Xalqaro donorlarning Tolibon avgust oyida hokimiyatni qo’lga olganidan beri muzlatilgan pullari mana shu jamg’arma orqali o’tadi. Bundan maqsad aholiga qishdan o’tib olishga va mamlakatda qolishga yordam berish.

Xalqaro hayot – 21-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:11 0:00

BMTning Taraqqiyot dasturi ma’muri Akim Staynerning aytishicha, Germaniya ushbu jamg’armaga 50 million yevro ajratishga so’z berdi.

"Xalq iqtisodiyoti”ni jonlantirish, odamlar hayoti, turmushini saqlab qolish kerak”, - dedi u.

Biroq muammo donorlar pulini xalqaro hamjamiyat tan olmagan Tolibon hukumatini chetlab o’tib, Afg’onistonga yetkazishda.

BMTning yana bir rasmiysiga ko’ra, yordam puli qurg’oqchilik va toshqinlarga qarshi kurash kabi jamoat ishlari dasturlarida ishlayotgan ishchilarga, kichik bizneslarga beriladi, jamiyatning eng zaif qatlami, qariyalar va nogironlarga nafaqa to’lanadi.

BMT hisobiga ko’ra, 12 oyda 667 million dollar kerak bo’ladi.

Hafta boshida Moskvadagi muzokaralarda qatnashgan Tolibon rahbarlari AQShdan Afg’onistonning muzlatilgan pullarini qaytarishni so’radi.

"Barcha mamlakatlar bir ovozdan AQShni Afg’onistonga qo’yilgan moliyaviy cheklovlarni bekor qilishga, maoshlarni to’lash uchun ishlatilgan pullarni qaytarishga chaqirgan. Pul xalqniki va AQShning uni muzlatishga haqqi yo’q edi”, - dedi Tolibon hukumatida axborot va madaniyat vaziri Xayrulla Xayrxva.

Tolibon hukumatida vaqtincha bosh vazir o'rinbosari Abdul Salom Hanafiy Moskvada Tolibon delegatsiyasiga rahbarlik qildi
Tolibon hukumatida vaqtincha bosh vazir o'rinbosari Abdul Salom Hanafiy Moskvada Tolibon delegatsiyasiga rahbarlik qildi

Qo’shma Shtatlar Tolibon fuqarolar, jumladan, ayollar huquqlarini ta’minlasagina pul qaytarilishini aytgan. Bosh vazir o’rinbosari lavozimini vaqtincha bajarayotgan Abdul Salom Hanafiyga ko’ra, ayollar uchun sharoit va imkoniyatlar shariat doirasida yaratiladi.

Toliblar namoyishchi ayollarni to'xtatishga urinmoqda
Toliblar namoyishchi ayollarni to'xtatishga urinmoqda

Bugun poytaxt Kobulda bir guruh ayollar huquqlari ta’minlanishini talab qilib, namoyishga chiqqan. Ular ayollarga mamlakat ijtimoiy hayotida ishtirok etishga, ta’lim va ish bilan ta’minlashga ruxsat berishni so’ragan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG