Breaking News

Afg'oniston yangiliklari - 15-oktabr, 2021-yil


Qandahorda xurujga uchragan shia masjidi
Qandahorda xurujga uchragan shia masjidi
Xalqaro hayot – 15-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:10 0:00

Qandahordagi xurujda kamida 35 odam o'lgan

Bugun Afg’oniston janubidagi Qandahor shahrida juma namozi paytida shialar masjidida kuchli portlashlar ro’y berib, kamida 35 odam o’lgan. O’tgan hafta shimoldagi Qunduz shahrida ham juma namozida shialar nishonga olingan edi. “Islomiy davlat” jihodchi to’dasi xurujni o’z bo’yniga olgan. Bugungi hujum ortida kim turgani hozircha noma’lum.

Ketma-ket xurujlar hokimiyatni avgust oyida qo’lga olgan Tolibon harakatining mamlakatda xavfsizlikni ta’minlagani haqidagi da’volarini puchga chiqarmoqda.

Xurujda kamida 68 odam jarohat olgan. Mahalliy muxbirga ko’ra, masjidga uch nafar suiqasd bombachi kirgan. Biri o’zini masjidga kirishda, qolgan ikkiisi esa ichkarida portlatgan.

Tolibon “Islomiy davlat”ni o’ziga dushman deb biladi, harakat so’zlovchisi Zabihulla Mujohid aybdorlar ushlanib, jazolanishini aytdi.

Aholidan yaradorlarga qon berish so’ralgan.

Tolibon xalqaro hamjamiyatni amirlikni tan olishga chaqiryapti

Anqarada Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan muloqot qilgan Tolibon Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaqqiyning aytishicha, xalqaro hamjamiyat Tolibon hukumatini tan olishi kerak, aks holda afg’on xalqi huquqlarini toptagan bo’ladi.

"Afg’oniston dunyo bilan ijobiy aloqa qilishni istaydi va dunyo bizning istagimizga ijobiy javob berishi kerak. Afg’onistonda barcha hukumatlar tan olinib, islomiy hukumatning tan olinmayotgani adolatsizlik”, - dedi Muttaqiy.

G’arb davlatlari Afg’onistonda ayollar va qizlar huquqlari ta’minlansagina, yuqori sinf o’quvchi qizlariga maktabga qaytishga ruxsat berilsagina, Tolibonni tan olish masalasi ko’rib chiqilishini bildirdi.

Putin MDH davlatlarini Tolibonni tan olishga shoshmaslikka chaqirmoqda

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining virtual sammitida ushbu masalani ko’tarib, Tolibonni tan olishga shoshmaslikka chaqirdi. Unga ko’ra, harakat avval qoradoriga qarshi kurashga shay ekanini namoyish etishi kerak. Putin MDH rahbarlariga Tolibonni tan olishdan oldin maslahatlashishni tavsiya qildi.

"Afg’onistonda siyosiy murosaga erishish jarayoniga yordam berishimiz, bu mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish yo’llarini izlashimiz lozim”, - dedi Putin.

Unga ko’ra, Afg’onistonda iqtisodiy ahvol tang bo’lib turgan bir paytda Tolibonning afyun ishlab chiqarishga qarshi kurashga bergan va’dalariga ishonish qiyin.

Putin, shuningdek, Afg’oniston shimolida “Islomiy davlat” to’dasining 2000 ga yaqin jangarisi borligini taxmin qilib, ular mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishini aytdi.

BMT Afg'oniston shimoliga O'zbekiston orqali gumanitar yordam uzatmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg’onistonga gumanitar yuk yetkazish bilan ovora ekan, Mozori Sharifda uylaridan qochgan o’n minglab odamlar uchun boshpanaga zarur jihozlar joylangan uch samolyotdan biri Termizga qo’ndi.

BMTning Qochqinlar bo’yicha agentligining Dubaydagi omborxonasidan yuklangan 32 tonna gumanitar yordam Termizdan Mozori Sharifgacha yuk mashinalarda yetkaziladi.

18 ming oila yoki 126 ming odam bu yordamdan bahramand bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG