Breaking News

"Oskar" taqdimoti: bu yilgi g'oliblar kim?


Oskarning bu yilgi g'oliblari bilan tanishing
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00

4-mart kuni Golivudda o'tgan "Oskar" taqdimotida "Suv shakli" filmi "Eng yaxshi kartina" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topildi.

Ilmiy fantastik janrdagi bu filmda soqov ayol suv mahluqini sevib qoladi. Kartina jami 4 ta "Oskar"ga sazovor bo'ldi. Jumladan, "Eng yaxshi rejissor" nominatsiyasi bo'yicha.

"Meksikada ulg'ayganman. Bolaligimda xorijiy filmlar shaydosi edim. Uilyam Vayler, Duglas Sirk yoki Frank Kapra filmlariga. Bir necha hafta oldin Stiven Spilberg menga "agar sahnaga chiqsang, barcha rejissorlar olamining bir qismi ekaningni unutma va bundan faxrlan", deb aytdi. Men bundan juda faxrlanaman", - dedi film rejissori Gilyermo Del Toro.

"Eng yaxshi aktrisa" sovrini “Missuridagi uch bilbord” filmi qahramoni Frensis Makdormandga nasib etdi. U qizining qotilini topishga e'tiborsiz bo'lgan politsiyaga qarshi kurashuvchi ona timsolini aks ettirgan.

Ushbu filmda politsiyachi rolini ijro etgan Sem Rokvel "Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida g'olib bo'ldi.

"Qorong'i kunlar" filmida Uinston Cherchilni o'ynagan Geri Oldman esa "Eng yaxshi aktyor" deb topildi.

"Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasi "Men - Tonya" filmida e'tibordan qolgan sportchining onasi rolini o'ynagan Ellison Jenniga nasib qildi.

"Eng yaxshi animatsion film" bo'yicha "Oskar"ga "Koko" kartinasi sazovor bo'ldi. U musiqachi bo'lish orzusi bilan yashagan meksikalik bola hayoti haqida hikoya qiladi.

Transgender ayolning oilasi uchun kurashni aks etgan "Ajoyib ayol" kartinasi "Eng yaxshi xorijiy film" yo'nalishi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG