Breaking News

AQShga yuk jo’natishi taqiqlangan davlatlar ro’yxatiga Yaman va Somali ham kirgan


“90 foizi tekshiruvsiz kirib keladi mamlakatga. Har holda, yuk ichida nima borligini hech kim aniq ayta olmaydi”.
“90 foizi tekshiruvsiz kirib keladi mamlakatga. Har holda, yuk ichida nima borligini hech kim aniq ayta olmaydi”.

Amerika aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Ichki xavfsizlik vazirligi AQShga yuk jo’natishi taqiqlangan mamlakatlar ro’yxatini yangilab, unga Yaman va Somalini kiritdi.

Yangi qonun-qoidaga ko’ra, mahalliy va xalqaro reyslarga og’irligi yarim kilogrammdan oshiq bo’lgan printer kartridjlarini olib chiqish mumkin emas.

O’tgan oy AQShga yuk samolyotlari orqali jo’natilgan bombalardan biri portlaganida, dunyo iqtisodiga ulkan ziyon yetkazilgan bo’lar edi, deydi Federal Qidiruv Byurosi sobiq xodimi Bred Garret.

“Bomba portlab, bir samolyot talofat ko’rganida, dunyo bo’ylab yuk qatnovi to’xtatilgan bo’lardi”.

AQShga har yili milliard tonnadan ortiq yuk havo transporti orqali kirib keladi. Yuklarning hammasi ham to’liq tekshiruvdan o’tmaydi, deydi davlat xavfsizlik qo’mitasi experti.

“90 foizi tekshiruvsiz kirib keladi mamlakatga. Har holda, yuk ichida nima borligini hech kim aniq ayta olmaydi”.

Tahlilchilarning aytishicha, yuk tashish bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar ular xizmatidan doimiy foydalanuvchi mijozlarni risoladagidek tekshirmaydi.

Katta xalqaro aeroportlarda tekshiruv tizimi yaxshi yo’lga qoyilmagan. Maxsus skanerlar va texnologik jihozlar yetishmovchiligi ham asosiy sabablardan.

AQSh rasmiylari mamlakatga kirib kelayotgan yuklar tekshiruvini oshirish kerak deb bong ursa, yuk jo’natish bilan shug’ullanuvchi firmalar bu yo’lkira bahosini ko’taradi deb shikoyat qiladi.

Qonunchi Ed Markey sinchkov tekshiruvni yo’lga qo’ish haqidagi qonun loyihasini olg’a surmoqda.

“Al-Qoida uchun samolyotni portlatib yuborish hech gapmas. Baribib 100 foiz kafolat yo’q degan gaplar bilan ularni ruhlantiramiz xolos”.

Yamandan yuborilgan qutilarda portlovchi moddalar borligini AQSh xafvsizlik idoralariga Saudiya Arabistonidagi hamkasblari ma’lum qilgan. Hamkorlik muhim, deydi bu sohada ishlagan Fil Mad.

“Xavf-xatar qayerdan kelayotganini aniq bilish qiyin. Tijorat, savdo-sotiq iqtisodiyotni tebratib turgan soha. Qatnovni to’xtatish mumkin emas. Bu hammaga zarar”.

Tahlilchi Bennet Voters pochta orqali yuborilgan bombalar yuk tashish sanoatidagi kamchiliklarni ham fosh etdi deydi.

“Xalqaro miqyosda jo’natilayotgan yuklarni hamma davlatlar bir xil tekshirmaydi, standard-andoza yo’q. Xalqaro hamjhamiyat birgalikda kelishib, barchaga mos keladigan tekshiruv uslubini yaratsa, bundan hammaga birdek naf bo’lardi”.

Xavfsizlik bo’yicha ekspertlar nazarida, mamlakat portlari va chegarada bo’lgani kabi havo yo’llarida ham kuchli nazorat tizimi bo’lishi kerak.

Chegara va bojxona xizmati amaldagi qonun-qoidalarni, mamlakatga kirib kelayotgan qanday yuklar izchil tekshiruv o’tishi kerakligini qayta ko’rib chiqmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG