Breaking News

Ko’zi ojizlar ham teatr san’atidan bahra olishi mumkin


Ko'zi ojizlar uchun teatr/Theater for the Blind
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:17 0:00
Yuklab oling

Ko'zi ojizlar uchun teatr/Theater for the Blind

Ko’zi ojizlar teatrga borib nima qiladi deganlar topilsa kerak. Biroq hozirda ko’plab teatrlar aynan ular uchun spektakllar sahnalashtirmoqda. “Amerika Ovozi” Baltimor shahrida mana shunday asar bilan tanishdi.

“Everyman” teatri sahnasida nima bo’layotgani tushunish uchun maxsus imkoniyatlar yaratilgan.

Markus Kidd bu loyiha boshida turganlardan.

“Ko’r odam ham teatr san’atidan bahramand bo’la oladi. Buning yo’li bor”.

Ko’zi ojizlar teatrga oddiy tomoshabin sifatida kelmaydi. Ularga sahnaga chiqish, dekoratsiyalarni ushlab o’rganish imkoni beriladi.

Spektakllar bir-biridan farq qiladi. Ba’zilarida sahnaga chiqishning hojati yo’q. Lekin komediyani bezaklar yordamida tushunish osonroq.

“Qizig’i shundaki, sahnada nimaiki bo’lmasin, hammasining o’z o’rni va roli bor. Pyesaning birinchi satrlaridanoq sahnada qanday yozuv mashinkasi turgani-yu, qanday bosh suyagi va uning ichida nima borligini tushunasiz,” - deydi Kidd.

“Everyman” teatrida ko’zi ojizlar uchun spektakllar sahnalashtirilayotganiga mana bir necha yil bo’ldi. Rojer Uillyamson muxlislardan.

"Ko’zimiz ko’rmagani sababli sahnada nima bo’layotganini faqat tasavvur qilish mumkin. Agar qanday dekoratsiyalar borligini bilsak, tushunish osonroq bo’ladi”.

Moris Peret avval spektaklni tingladi, so’ngra dekoratsiyalar bilan tanishdi.

“Sahnadagi bezaklar qandayligini tushunib, pyesani ham yaxshiroq tasavvur qila oldim. Aktyorlar qayerda turgani va o’tirganini ham bildim”.



“Biz ko’z bilan emas, miya bilan ko’ramiz. Demak narsalarni ko’rmasak ham, ular haqida tasavvurga ega bo’la olamiz,” - davom etadi u.

Bunday spektakllardan katta daromad tushishi amri mahol. Lekin teatrga hech qachon bormaganlar endi bu dargohga qadam bosmoqda, deydi Markus Kidd, ezgu niyat o’zi shu.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG