Breaking News

Tahlilchilar: Boltonning kelishi bilan AQSh tashqi siyosati agressivlashadi


Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchi etib tayinlangan Jon Bolton

Prezident Donald Trampning Milliy xavfsizlik maslahatchisi lavozimiga Jon Boltonni tanlaganidan xursandlar ham, norozilar ham bor, lekin yakdil qarash shuki, Oq uy endi masalaga yanada agressiv yondashadi.

"Fox News" sharhlovchisi, AQShning BMTdagi sobiq elchisi Jon Bolton Shimoliy Koreyaga harbiy hujum qilish, Pxenyan va Tehrondagi tuzumlarni ag'darish kabi takliflari bilan tanilgan.

Yaqinda u AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan barcha diplomatik choralarni ko'rib bo'ldi, deb aytgan edi.

"Muzokaralarni 25 yildan beri turli usulda qo'llab ko'rdik. Samara bermadi. 26-yil boshqacha natija bo'ladi, degan yana qanday umid bo'lishi mumkin?" - deya so'raydi u.

Jon Bolton - Trampning yangi maslahatchisi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00

Boltonga ko'ra, Pxenyan bilan diplomatik muzokaralarning natija bermagani Eron masalasida yana takrorlanmoqda.

"Prezident Obama 2015-yil imzolagan Eron yadro bitimi AQSh uchun strategik xato bo'ldi. Ular bitimni buzishyapti, deb o'ylayman. Ular yadro quroliga ega bo'lish niyatlaridan hech qachon voz kechmagan", - deydi u.

Qarshilar ham, tarafdorlar ham Boltonning diplomatiyadan ko'ra harbiy chorani afzal ko'radigan shaxs ekanini aytadi. Trampning aynan uni tanlagani boisi ham shunda bo'lishi mumkin.

"Prezident Boltonni Eronga va Shimoliy Koreyaga qattiq mavqedagi odam deb biladi. Bu uning "Amerika birinchi" degan siyosatiga mos. Bu masalada ko'plab maslahatchilari unga qarshilik ko'rsatib kelayotgan edi", - deydi "Atlantika kengashi" tahlilchisi Mark Simakovskiy.

Tahlilchilarning aytishicha, AQSh Eron yadro bitimidan chiqishi ehtimoli yuqori.
"Eron yadro bitimi tugadi, deb hisoblayversak bo'ladi. Kamida, AQSh shunday fikrda", - deydi Kato instituti tahlilchisi Emma Eshford.

Bolton Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga nisbatan ham keskin qarashga ega.

"Jon Bolton Rossiya uchun eng katta boshog'riq. Butun karyerasi davomida Rossiyaning ketidan yurgan, unga qarshi keskin choralarni targ'ib qilgan. Bolton prezidentga bir qator siyosiy o'zgarishlar taklif qilishini kutish mumkin. Ukrainaga ko'proq qurol sotish masalasida ham", - deydi yana bir ekspert Herri Kazianias.

Ekspertlar deydiki, Bolton qanchalik konservativ va agressiv bo'lmasin, amaliy ishga kelganda prezident xohlagan yo'ldan boradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG