Breaking News

Kongress Oq uyning Afg'oniston siyosatini savolga tutdi


Qonunchilar: Oq uyning afg'on strategiyasi samara bermayapti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:55 0:00

AQSh qonunchilari Tramp ma'muriyati rasmiylarini Afg'oniston strategiyasi bo'yicha savolga tutdi. Ularga ko'ra, Oq uy rejasi aniq emas va samara bermayapti.

AQSh harbiylari Afg'onistonda havo hujumlarini kuchaytirdi. Oq uy AQSh tarixidagi eng uzoq urushni yanada kengaytirmoqda.

"B-52" bombardimonchi samolyoti 6-fevral kuni Tolibon manzillariga 24 ta bomba tashladi. Pentagonga ko'ra, bombalar soni bo'yicha bu rekord ko'rsatkich.

Muvaffaqiyat bor, deydi rasmiylar.

"Jang maydonida Tolibon sustlashganini ko'ryapmiz. Afg'on kuchlari hozir hujumga o'tgan", - deydi AQSh Davlat kotibi o'rinbosari Jon Sallivan.

Ammo so'nggi oyda Tolibon hujumlari soni ortdi. Mamlakatning deyarli yarmi ular nazoratida.

"Nimadir ishlamayotgani aniq. Xavfsizlik bo'yicha vaziyat beqaror", - deydi demokrat senator Ben Kardin.

Kongressdagi tinglovda har ikki partiya vakillari Oq uy siyosatini tanqid qildi.

Prezident Trampning Tolibon bilan gaplashmaslik qarori ham qoralandi.

"Bu narsa siz qo'mitaga bayon qilgan mavqega ham qarshi", - dedi senator Kris Merfi.

"Prezident Tramp o'tgan oy Kobulda bo'lgan terror xurujlariga javoban gapirgan edi. Tolibonning katta qismi muzokara uchun tayyor emas. Ular bunga rozi bo'lishi uchun ko'p vaqt kerak bo'lishi mumkin", - dedi Sallivan.

Senatning sabri tugab borayotgandek.

"Hozir nimanidir portlatgan odamlar bilan muzokara qilamizmi? Albatta, yo'q. Tolibonning qayerdadir muzokara olib borayotgan yaxshi odami bormi? Buni bilmaymiz. Imkonsiz bir vaziyatdamiz. Hech qanday umid ko'rmayapman", - dedi respublikachi senator Rend Pol.

AQSh harbiylari esa Tolibonga qarshi kurash davom etishini aytmoqda.

"Tolibon qurolini tashlab, hukumat bilan murosaga bormaguncha yoki o'limga tayyor bo'lmaguncha kurashni davom ettiramiz", - dedi Kobuldagi harbiylar so'zlovchisi Koun Folkner.

16 yillik urush hali-veri tugaydiganga o'xshamaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG