Breaking News

AQShning mudofaa byudjeti muhokamada


AQSh Senatida mamlakat harbiy byudjetining muhokamasi boshlandi. Salkam 875 milliard dollarlik qonun loyihasi Vakillar palatasida o’tgan juma qabul qilindi.

Xalqaro hayot - 18-iyul, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:27 0:00

“Pul mamlakatimiz kelajagi uchun muhim bo’lgan eng zamonaviy texnologiyalarni yaratish, Xitoy va Rossiya bosh ko’tarayotgan bir davrda dunyo bo’ylab erkinlikni himoya qilishga yordam beradi”, - deydi quyi palata spikeri Kevin Makkarti.

Besh nafar respublikachi qonunchining Ukrainaga harbiy yordamni to’xtatishga qaratilgan tashabbusi natija bermadi. Ularning aksariyat partiyadoshlari va raqib demokratlar Ukrainaga 300 million dollarlik yordamni o’z ichiga olgan qonun loyihasiga ovoz berdi.

Demokratlar harbiy xizmatchilar uchun abort amaliyotiga ham pul ajratishga harakat qildi, biroq konservativ respublikachilar bunga imkon bermadi.

“Mudofaa vazirligi soliq to’lovchilar pulini milliy mudofaa va milliy xavfsizlikka sarflashi kerak. Baydenning radikal, axloqsiz, abortni qo’llab-quvvatlovchi siyosatini moliyalashga emas”, - deydi kongressmen Ronni Jekson.

Loyiha respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasida qabul qilingani bilan demokratlar ustun Senatda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin.

“Shubhasiz tuzatishlarning ko’pi qonun loyihasidan chiqarilib, Senatda boshqacha tus oladi. Ammo umuman olganda mudofaa xarajatlarini va harbiy xizmatchilar maoshlarini oshirishga pul ajratilishi aniq. O’ta muhim davrda, xavfli dunyoda yashaypmiz", - deydi respublikachi vakil Maykl Makkol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG