Breaking News

Barak Obama prezidentlikka qayta saylanishga tayyor

Nutqini nomzodlikni rasman qabul qilish bilan boshlagan Obama asosiy e’tiborni ichki siyosatga qaratdi. Iqtisodiy sohadagi islohotlari, xususan yangi ish joylarini yaratish, yoshlar uchun kollej va universitetlarda o’qish imkoniyatlarini kengaytirish, tibbiy sug’urtaga oid islohotlar, AQShning xorijiy mamlakatlardan import qilinadigan neftga qaramlikni kamaytirganini birma-bir tilga oldi.

Obama nazarida o’tgan hafta Tampada yig'ilgan muxolifat, ya'ni respublikachilar, amaldagi siyosatni qanchalik tanqid qilmasin, biror yechim taklif qilmadi dedi.

“Har bir fuqaroning boshqalar oldida majburiyatlari bor. Bu mamlakat fuqarolik tamoyillariga asoslangan”, - deydi prezident.

Obama tashqi siyosatga ham alohida to’xtaldi.

“Bizning raqiblarimiz tashqi siyosat sohasida tajribasiz”, - deydi u.

Prezidentning saylovdagi raqibi Mitt Romni “Rossiya biz uchun eng katta geosiyosiy tahdid” degani Obama nazarida "sovuq urush davriga xos fikrlash”.

Eng katta tahdid aslida al-Qoida, deydi prezident.

“To’rt yil avval Iroqdagi urushni tugatishni va’da qilgan edim, va’dam ustidan chiqdim”, - dedi Obama, Al-Qoida asoschisi Osama bin Laden yo’q qilinganini eslatar ekan.

“Bundan to'rt yil oldin sahnaga chiqqanimdan buyon vaziyat o'zgardi, - dedi u.

"Men ham o’zgardim. Unda nomzod edim. Bugun esa prezidentman. Farzandlarini urushda dushmanga boy berganlarni taniyman. Ishlarini yo’qotganlar bilan uchrashganman... Ularning bari menga ishonadi, menga umid baxsh etadi, birgalikda ishlashga qodirmiz", - deydi Obama.

Saylovga to’qqiz hafta qolar ekan, reytinglarga ko'ra, Obama va Romnining saylanish imkoniyatlari deyarli teng.

Qurultoyning so'nggi kunidan fotoreportaj:

Barak Obama prezidentlikka qayta saylanishga shay

Prezident Barak Obama sobiq prezident Bill Klinton bilan
1/18 Prezident Barak Obama sobiq prezident Bill Klinton bilan
To'liq holda ko'ring Show less
Prezident Obama, qizi Maliya
2/18 Prezident Obama, qizi Maliya
To'liq holda ko'ring Show less
Barak Obama
3/18 Barak Obama
To'liq holda ko'ring Show less
4/18
To'liq holda ko'ring Show less
5/18
To'liq holda ko'ring Show less
Qurultoy bo'lib o'tayotgan sahna
6/18 Qurultoy bo'lib o'tayotgan sahna
To'liq holda ko'ring Show less
Gavayi delegatlari
7/18 Gavayi delegatlari
To'liq holda ko'ring Show less
8/18
To'liq holda ko'ring Show less
Senatga Massachussettsdan nomzod Elizabet Uorren - qurultoyda nutq so'zlaganlardan
9/18 Senatga Massachussettsdan nomzod Elizabet Uorren - qurultoyda nutq so'zlaganlardan
To'liq holda ko'ring Show less
10/18
To'liq holda ko'ring Show less
Kaliforniya delegatlari
11/18 Kaliforniya delegatlari
To'liq holda ko'ring Show less
12/18
To'liq holda ko'ring Show less
13/18
To'liq holda ko'ring Show less
14/18
To'liq holda ko'ring Show less
15/18
To'liq holda ko'ring Show less
16/18
To'liq holda ko'ring Show less
Aktrisa Eva Longoria
17/18 Aktrisa Eva Longoria
To'liq holda ko'ring Show less
Vitse-prezident Jo Bayden
18/18 Vitse-prezident Jo Bayden
To'liq holda ko'ring Show less
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG