Vashington: AQShning O'zbekistondagi elchixonasida hech kimga hujum qilinmagan

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi Xezer Nauert

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Xezer Nauert tasdiqlashicha, Toshkentdagi elchixonada Kubadagi singari akustik hujum bo'lmagan. Bu haqda bugun Amerika matbuotida xabarlar paydo bo'ldi. Rasmiylar deydiki, diplomatlarning salomatligi va xavfsizligi ustuvor masala, lekin vahima ko'tarishga hojat yo'q.

CBS telekanali qayd etishicha, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligining (USAID) Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlaridan biri va uning umr yo'ldoshi yaqinda "akustik xurujga uchragan" va vataniga qaytgan. Bunday hujumlar Kubada kuzatilgan edi. AQShning Gavanadagi elchixonasida diplomatlarga qilingan xurujlarda o'nlab odam zarar ko'rgan. Bunday hujumlar insonning eshitish va ko'rish qobiliyatini buzib, asab kasalliklari va uyqusizlikka yetaklashii mumkin. Kuchli texnologiya yordamida amalga oshiriladigan bu harakatlarda Rossiya gumon qilinadi. Kreml bu da'volarni qa'tiyan inkor etadi.

CBS maqolasida ham aynan O'zbekiston-Rossiya yaqinligi tilga olinadi va Moskva bu qora ishda shubha ostiga olinadi.

Davlat departamentiga ko'ra, Toshkentda hech kim Kubadagidek vaziyatga tushmagan va o'xshash tashhis qo'yilmagan. Nauertning "Twitter" tarmog'ida yozishicha, O'zbekistondagi elchixonada bunday holat kuzatilmagan.

USAID va uning vakolatxonasi o'rin olgan elchixonadan hozircha biror izoh yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG