Breaking News

Oziq-ovqat yoki naqd pul? AQSh gumanitar yordami o’zgarishi mumkin


Prezident Obama oziq-ovqat xavfsizligiga bag'ishlangan ko'rgamzada. Senegal, 28-iyun 2013.
Prezident Obama oziq-ovqat xavfsizligiga bag'ishlangan ko'rgamzada. Senegal, 28-iyun 2013.
AQShning “Oziq-ovqat evaziga tinchlik” deb nomlangan gumanitar dasturi uchun yiliga 1,5 milliard dollar sarflanadi va dunyoning kambag’al mamlakatlariga beg’araz madad yuboriladi. Ammo prezident Barak Obamaning 2014-yilgi byudjet bo’yicha taklifi 59 yillik bu programmani o’zgartirishni ko’zlaydi. Oq Uy Amerikada yetishtirilgan mahsulot o’rniga kambag’allarga naqd pul bermoqchi. Ayrim tashkilotlar taklifni qo’llab-quvvatlasa, fermerlar bunday islohot katta zarar keltiradi deya unga qarshi chiqmoqda.

Oziq-ovqat yoki naql pul? Amerika yordami - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00
Yuklab oling

Oziq-ovqat yordami- AQSh siyosati /Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00
Yuklab oling

Illinnoys shtatidan fermer Bill Uayks mana qirq yildirki ota-bobolaridan meros qolgan yerda traktor haydaydi, makka va soya yetishtiradi.

Dehqonchilik faoliyati davomida u hosil kam bo’ladimi, ko’pmi, bir qismini har yili beva-bechoralarga yuborishni ko’zlab kelgan.

“Hosilning yillar davomida millionlab odamlarga yuborilishi, och-nahor yurganlarga oziqa bo’lishini bilib, xursand bo’lamiz,” - deydi u.

1950-yillardan buyon AQShning serhosil yerlarida yetishtirilgan mahsulot Qishloq xo’jaligi vazirligining “Oziq-ovqat evaziga tinchlik” nomli dasturi doirasida dunyoning 150 mamlakatiga yuboriladi, 3 milliarddan ziyod odamning qornini to’ydiradi.

Uayks kabi fermerlar bundan doim g’ururlangan. Shu bois ular Obama ma’muriyati taklifidan norozi. Obama kambag’al mamlakatlar aholisiga oziq-ovqat emas, naqd pul yuborilishini taklif qilmoqda.

“Axir bu kulgili emasmi?! AQShda eng sifatli mahsulot yetishtiriladi-ku! Nima sababdan endi odamlarga eng sifatli mahsulot bermay, qo’liga pul berib, mahalliy bozordan mahsulot sotib olgin, deyish kerak? U yerda sifatli mahsulotni topish qiyin-ku,” - deydi Uayks.

Ammo AQSh Qishloq xo’jaligi vaziri Tom Vilsakning bildirishicha, dasturni o’zgartirmasa bo’lmaydi, chunki mamlakatdan mahsulotni qashshoq mamlakatlarga yetkazish uzoq vaqt oladi.

“Hozirgi tizimda gumanitar yordam, ya’ni oziq-ovqatning unga muhtoj odamlarga yetkazish uchun 3-4 oy vaqt talab qilinadi. Axir bu masalada vaqtni tejash odamlar hayotini saqlab qolish bilan barobar,” - dedi bu xususida vazir.

Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Viskonsin shtatida tadbirkor Dau Didion uchun Obama tashabbusi 212 odamni ishdan bo’shatishni anglatadi.

“Mahsulotni ishlab chiqarishdan qadoqlashga, sifatini tekshirib, joyiga yetkazishgacha – bu sohalarga juda ko’p odam jalb etilgan. Ular ishsiz qoladi-da,” - deydi u.

Fabrikada oziq-ovqat qadoqlanadi, yuz minglab qopga solinadi. Har bir qopda AQSh bayrog’i tasviri bor: xorijga jo’natiladigan gumanitar yordam. Didion fikricha, pulning bu qadar ahamiyati bo’lmaydi.

“Naqd pul bilan “AQShdan sovg’a” yozuvi tushirilgan qoplar orasidagi farq juda katta. Ta’sirini ham qiyoslab bo’lmaydi. Och-nahor odamlarga sifatli mahsulotni berishga harakat qilamiz. Agar dastur o’zgarib, naqd pul ajratiladigan bo’lsa, uning nimaga sarflanishini kim biladi,” - deydi tadbirkor.

Kongressning ayrim a’zolari ham Didion bilan hamfikr. Qishloq xo’jaligi kompaniyalari xavotirlarini diqqat bilan eshitmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG