Din

Amerikada islom: musulmon futbolchining Ramazondagi hayoti

  • Amerika Ovozi

"DC United" jamoasi darvozaboni Bilol Hamid (chapda) maydonda duo qilmoqda.

Ramazon islom dinining muqaddas oyi. Bu oyda Qur'on nozil qilingan. 30 kun davomida musulmonlar sahardan shomgacha ro'za tutadi. Yoz kunlarida bu oson emas.

Bilol Hamid futbol yulduzi. Vashingtonning "D.C. United" jamoasida darvozabon.

"Bu mamlakatda futbol u qadar mashhur emas. Lekin men umr bo'yi futbolning ashaddiy muxlisi bo'lganman. Madaniyatimning, oilamning, biz kelgan joyning bir qismi bu", - deydi u.

Hamid birinchi avlod amerikalik, oilasi Syerra-Leonedan kelgan. Ibodatli musulmon. O'yinlar paytida ham duolarni kanda qilmaydi.

"Odatda, gol chizig'i oldida turaman. O'yin oldidan "Fotiha" surasini o'qiyman. Oq chiziqdan o'tishimiz bilan yana bir "Fotiha" o'qiyman va so'ng butun diqqatimni o'yinga qarataman", - deydi u.

Ramazonda barcha qodir musulmonlar ro'za tutishi kerak. Hamid professional hayotini e'tiqodi bilan moslashtirishga harakat qiladi.

"Ayniqsa, bunday issiq kunlarda maydonda turish oson emas. Shuning uchun organizmimda kerakli moddalar bo'lishiga e'tibor beraman, toki o'ynay olishim uchun menda energiya va kuch bo'lsin", - deydi u.

U imkon qadar an'analarga ergashadi.

"Agar o'yinlar bo'lmasa, ro'za tutaman. Bunday kunlarda to'g'ri qarorlar qabul qilishga, hayotimni o'nglashga harakat qilaman, ibodatlarimni qilaman", - deydi u.

Hamid e'tiqodini sevadi.

"Sadoqatli banda bo'lish oson emas. Ammo hech narsa o'z-o'zidan bo'lmaydi, qo'lingdan kelganini qilishing kerak", - deydi u.

Hamid mamlakat jamoalari orasida eng yaxshi darvozabonlardan biri. AQSh milliytermasida ham o'ynaydi. Hayotdagi yo'lboshchisi oilasidan va dinidan o'rgangan qadriyatlar ekanini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG