Breaking News

AQSh sog'liqni saqlash tizimida islohot boshlandi


AQShda sog'liqni saqlash tizimi islohot ostida - US health care reform
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

AQShda sog'liqni saqlash tizimi islohot ostida - US health care reform

1-oktabrda prezident Barak Obama ishlab chiqqan va 2010-yilda qabul qilgan sog’liqni saqlash islohoti haqidagi qonun kuchga kirdi. Uning asosiy talablarida biri Amerikada yashayotgan har bir odam tibbiy sug'urtaga ega bo'lishi shart.

Aksariyat amerikaliklar ishxonasi tomonidan to’lanadigan xususiy tibbiy sug’urtaga ega. Keksalar sug’urtasi uchun esa davlat byudjetidan to’lanadi. Ammo 40-50 million odam – asosan kambag’allarda bunday imkon yo’q.

Sug’urtasi borlarning ko’pi tibbiy xizmatlar qimmat, u to’lovlar doim ham sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplanmasligini aytadi. Ko’pgina shifokorlar sug’urta kompaniyalaridan olayotgan puli xarajatlarini qoplamasligidan shikoyat qiladi.

“Sog’liqni saqlash uchun xarajatlar shu paytgacha ham iqtisod, ham xalqimiz vijdoni uchun yuk bo’lib keldi. Shu bois sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish kerak, bunga shubha yo’q,” – degan edi bu xusisda prezident Obama.

U ishlab chiqqan sog’liqni saqlash qonuniga ko’ra, sug’urta kompaniyalari amerikaliklarga sug’urta olishidan oldin bo’lgan xastaligi sababli sug’urta berishdan bosh tortolmaydi.

Baltimordagi Jons Hopkins sog’liqni saqlash instituti professori Jonatan Viner deydiki, eng muhimi – kasalligi yoki kam daromadi deb biror amerikalik sug’urtasiz qolishi mumkin emas.

“Ustuvor masala – ularga shu tizimni yaratib berish. Sug’urtasi bo’lmagan odamlarga tibbiy xizmat ko’rsatilmaydi demoqchimasman, lekin sug’urtasiz tibbiy xizmatlar olish qiyinligi aniq”, - deydi u.

Kichik xususiy biznes sohiblari xodimlar uchun tibbiy sug’urta sotib olishga tayyor, ammo narxlar oshayotgani muammo, deydi.

Ami Millsted Ellzining avtomobil sozlash do’koni bor:

“Tibbiy sug’urta 44 foizga oshsa, uni sotib olishga qurbimiz yetmaydi. Demak, boshqa sug’urta kompaniyalarini izlashga va sug’urtani o’zgartirishga majbur bo’lamiz”, - deydi biznes sohibi.

1-oktabrdan boshlab, Obama qonuni qisman kuchga kirar ekan, bunday muammolar hal qilinishi kerak. Xususiy kompaniyalardan muayyan xizmatlar uchun pul to’lash hamda xastaligi borligiga qaramay odamlarga sug’urta berish talab qilinadi.

“Sog’liqni saqlash sohasidagi eng ijobiy o’zgarishlardan biri aynan shu bo’ladi. Har bir amerikalik bundan xursand bo’lishi kerak, deb o’ylayman. Sug’urta kompaniyasi xastaligingiz bor-yo’qligidan qat’i nazar sizga sug’urta berishga majbur”, - deydi Jon Hopkins instituti xodimi.

Har oyda sug’urta uchun to’lashga qurbi yetmaydigan amerikaliklarga davlat byudjetidan yordam ajratiladi. Xodimlarini sug’urtalayotgan kichik bizneslar esa davlatdan soliqlarni to’lashda imtiyozga ega bo’ladi.

Bunday o’zgarishlarni tanqid qilayotganlar fikricha, hukumat biznes va fuqarolarni sug’urta sotib olishga majburlashi noto’g’ri, chunki bu holda tibbiy xizmat narxlari oshadi.

“Obamaning sog’liqni saqlash sohasi islohoti byudjetni vayron qiladi, shu sababli uning uchun g’aznadan mablag’ ajratish noto’g’ri,” – deydi respublikachi kongressmen Pol Rayan.

Mutaxassislar esa yangi qonun kuchga kirishi bilan ham ayrim muammolar hal etilmayadi, deb ogohlantiradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG