Breaking News

Blinken Eronni muloqotga qaytishga yana bir bor da'vat etdi


Blinken Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv chog'ida
Blinken Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv chog'ida

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Eron 2015-yilda imzolangan yadro dasturiga doir xalqaro bitimni jonlantirishni istasa, Venadagi muzokaralarga tezroq qaytishi zarur, aks holda Qo’shma Shtatlar boshqa chora ko’rishga majbur bo’ladi.

Xalqaro hayot – 14-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:45 0:00

Blinken Eron masalasini Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlarda ko’targan.

“Vaqt g’animat. Eron o’z xohishi bilan muloqotga qaytmasa, imkoniyatlar so’nib boradi”, - dedi Blinken.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Yair Lapidga ko’ra, Eron yadro qurolini qo’lga kiritish arafasida turibdi.

“Eron dunyo uni bu yo’ldan qaytarishda jiddiy ekanini ko’rmasa, bomba yaratishdan qaytmaydi. Isroil istalgan payt chora ko’rishga haqqi bor”, - dedi Lapid.

Blinkenning aytishicha, 2015-yilda imzolangan xalqaro bitim Eron yadro dasturini cheklashning eng samarali yo’lidir, biroq Tehron muzokaradan bosh tortsa, AQSh boshqa choralarni ko’rib chiqadi. Lapid Blinken bilan uchrashuv chog’ida ana shu choralar muhokama etilganini aytdi.

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 2017-yil oktabrida bitimdan chiqishi va Tehronga sanksiyalarni qayta qo’yishi ketidan Eron ham unga amal qilmasligini bildirgan. Amerikaning keyingi prezidenti Jo Bayden bitimni jonlantirishga tayyormiz, deydi, ammo Tehron avval sanksiyalar bekor qilinishini talab qilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG