Breaking News

BMT: Eron xalqaro bitimga amal qilayapti


Tehron, Eron
Tehron, Eron

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Ittifoqining ta'kidlashicha, Tehron xalqaro hamjamiyat bilan yadro dasturi bobida erishilgan bitimga amal qilayapti. Ammo AQShning BMTdagi elchisi Nikki Xeyli buni rad etmoqda.

Xeylining aytishicha, Eron ballistik raketa sinovlarini qayta-qayta amalga oshirayapti, raketa texnologiyasi zaxiralarini oshirib, Eron harbiylari qatnoviga qo'yilgan cheklovlar buzilayapti.

"Xavfsizlik Kengashi bu qonunbuzarliklarga nisbatan biror chora ko'rmayapti", - deydi u.

BMT rasmiysi Jeffri Feltmanning so'zlariga ko'ra, Eron o'z yadro dasturi yuzasidan erishilgan bitim borasida sekin-asta, izchil ravishda hamkorlik qilayapti. Shu bilan birga, deydi u, 2016-yilning martida Fransiya Hind okeanida qurol-aslaha ortilgan bir kemani qo'lga tushirgan.

"Bu aslaha tekshirilgach, Eronga qarashli ekani, Erondan yo'lga chiqqani ayon bo'ldi", - deydi u.

Elchi Xeyli shu ma'lumotni asos qilib, Eron rejimi qo'poruvchilik faoliyatini davom ettirayotganidan nishona bu, deydi u.

Xavfsizlik Kengashi a'zolari, jumladan, bitimni imzolashda qatnashgan Yevropa Ittifoqi vakillari va Germaniya Eron bilan erishilgan kelishuv sharofati bilan dunyo xavfsizroq ekanini aytib keladi.

Shu yilning aprelida Davlat kotibi Reks Tillerson Tehronni terrorizm homiysi deya AQSh mazkur bitimdan chiqishni rejalayapti, degan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG