Breaking News

AQSh bosh diplomati Eronga qo'yilgan shartlarni tushuntirdi


Davlat kotibi Mayk Pompeo "Amerika Ovozi" Fors xizmati bilan suhbatda

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning ta'kidlashicha, agar Eron o'zini "normal" davlatdek tutsa, amerikaliklar respublikaga boradi va uni do'st deb qabul qiladi.

"Amerika Ovozi" Fors xizmati bilan suhbatda bosh diplomat Eron bo'yicha o'tgan hafta e'lon qilingan strategiyani tushuntirdi. Bu davlattning diniy ulamolari, deydi Pompeo, o'zlarini normal rahbarladek tutsa, xalq boyligini o'marmasa, Suriya va Yaman kabi joylarda "sarguzasht" izlamasa, vaziyat o'zgaradi.

"Bu xulq-atvorni bas qilishlari uchun sharoit yaratsak, Eron xalqi muvaffaqiyatga erishadi. Do'st va ittifoqchi bo'lsak, buyuk ishlar qilish mumkin", - deydi davlat kotibi.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo

Vashington olg'a surayotgan 12 talabdan biri shuki, BMTning Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentligi mutaxassislari islomiy respublikaga kira olishi, harbiy obyektlar va tadqiqot laboratoriyalarini tekshira olishi kerak.

Yana bir talab - Eron Isroilni yo'q qilish haqidagi po'pisalarini, qo'shni davlatlarga nisbatan tahdidli xatti-harakatlarini bas qilishi lozim.

"Mamlakat hukmdorlari soxta yig'inlarni faqat "Amerikaga o'lim" yoki "Isroilga o'lim" deb hayqiriqlar bilan o'tkazishadi. Bunga chek qo'yish kerak", - dedi AQSh vaziri.

Pompeoga ko'ra, AQSh Eronda rejim o'zgarishini xohlayotgani yo'q. Xorijidagi eronlik muxolif guruhlarga ham maslahatimiz shu, deydi u.

"Xalq uchun joy kuydiring. Oddiy odamlar shunchaki farovon hayot kechirishni, hijoblarini yechishni, ishlab farzandlarini tarbiyalashni, o'zi xohlagan dinga e'tiqod qilishni istashadi", - deydi AQSh rasmiysi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif va Prezident Hasan Ruhoniy
Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif va Prezident Hasan Ruhoniy

Ayni paytda Kongress Eron rahbarlarining yashirin boyligini fosh etishga doir qonun loyihasi ustida ishlayapti. Tramp ma'muriyati bu tashabbusni quvvatlaydi, deydi Pompeo.

"Eron xalqi haqiqatni bilishi kerak. Yuqori lavozimlarda o'tirganlar soxta bizneslar ochib, o'z hamyonini to'ldiryapti, o'g'irlayapti. Bu ishlarni dallillar bilan ko'rsata olsak, eronliklar o'zlari xulosa qilishadi, ularni kim boshqarayotganini ko'rishadi", - deydi diplomat.

Kongress ko'rib chiqayotgan qonun loyihasi ovozdan o'tsa, AQSh Moliya vazirligi Eronning korrupsiyada gumon qilingan yuroqi martabali rahbarlarining boyligi haqida ma'lumotlarni ommaga havola etadi.

Vashington, shuningdek, Eron qamoqxonalarida saqlanayotgan amerikaliklarni ozod etib vataniga qaytarishni so'ramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG