Breaking News

26 davlat harbiylari "Islomiy davlat"ga qarshi birlashadi


AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter (chapdan beshinchi) Avstraliya, Italiya, Germaniya, Fransiya va Niderlandiya mudofaa vazirlari bilan, Parij, 20-yanvar, 2016-yil.
AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter (chapdan beshinchi) Avstraliya, Italiya, Germaniya, Fransiya va Niderlandiya mudofaa vazirlari bilan, Parij, 20-yanvar, 2016-yil.

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karterning aytishicha, uch haftadan so'ng Bryusselda 26 davlat mudofaa vazirlari ishtirokida "Islomiy davlat"ga qarshi kurash muhokama qilinadi.

"Har bir davlat kurashga o'z hissasini qo'shishga tayyor bo'lib kelishi kerak. Bu haqda koalitsiyaning hozirgi va kelajakdagi a'zolarini so'roqqa tutishdan tortinmayman", - dedi Karter Parijda olti mamlakat mudofaa vazirlari ishtirokida o'tgan yig'inda.

Parijdagi anjumanda AQSh, Fransiya, Avstraliya, Germaniya, Italiya, Britaniya va Niderlandiya rasmiylari terrorchi guruhga qarshi kurash choralarini kuchaytirish masalasini muhokama qilgan.

Karter, shuningdek, arab davlatlarining koalitsiyadagi ishtirokini kuchaytirish kerak, degan fikrni olg'a surdi.

"Arablar va sunniy arablar o'yinga qo'shilishi kerak, deb anchadan beri aytib kelaman, - dedi AQSh mudofaa vaziri.

"Ularning hissalari nimadan iborat bo'lishini aniqlab, shuningdek, bundan ular uchun ko'zlanadigan uzoq muddatli manfaatlarni hisoblab chiqish kerak. Bularni asosiy maqsad - IShIDni yengish harakati bilan bog'lash lozim".

Iroq va Suriyadagi jangari manzillarini havodan o'qqa tutishda bir necha arab davlatlari samolyotlari ishtirok etmoqda. Iordaniya har ikki mamlakatdagi amaliyotlarda qatnashayotgan bo'lsa, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari Suriyada havo zarbalarini bermoqda.

2014-yil oxirida koalitsiya hujumlariga Avstraliya, Fransiya, Britaniya va Niderlandiya ham qo'shildi. Jangarilarni yengish faqat harbiy choralardan iborat bo'lmaydi, deydi rasmiylar.

Guruhning moliyaviy kanallarini yopish, xorijdan jangarilar kelishini to'xtatish hamda internet propagandasiga munosib javob qaytarish guruhga qarshi olib borilayotgan kurashning bir qismi hisoblanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG