Breaking News

AQSh: Gomoseksual askarlarni armiyadan haydash yo'q


AQSh armiyasidagi gomoseksual askarlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00

Qo’shma Shtatlarda har yili iyun oyida o’ziga xos bir bayram nishonlanadi. Gomoseksual va transseksual, ya’ni jinsini o’zgartirgan insonlarni tan olish va jamiyat taraqqiyotiga qo’shgan hissasini olqishlash oyi. Bugun AQSh qurolli kuchlari safida ham bundaylar xizmat qiladi.

O’tgan hafta Mudofaa vaziri Eshton Karter Pentagonda gomoseksual va transseksual insonlarga bag’ishlangan bir tadbirda nutq so’zladi.

“So’rama va aytma, degan siyosatni bekor qilganimizga to’rt yil bo’ldi. Yillardan buyon armiyada gey ekanini aytishga ruxsat berilmagan. Bugun esa ular qo’rqmasdan aytib, vataniga xizmat qilayapti”, - deydi vazir.

So’rama va Aytma degan ibora 1994-yilda Klinton davrida qabul qilingan bo’lib, askarlardan jinsiy moyilligi haqida so’rash taqiqlangan. Qonunga ko’ra, besoqolbozlar maxfiylik sharti bilan armiyada xizmat qilishi, ammo buni oshkor etsa haydalishi belgilangan edi. Bugun zamon boshqa.

“Bugun qurolli kuchlar safida odam ajratishga yo’l qo’yilmaydi. Askarlar qanday imtiyozlarga ega bo’lsa, bir jinsli harbiy oilalar ham xuddi shunday imtiyozlarga ega”, - deydi Eshton Karter.

AQSh Tibbiyot uyushmasining so’nggi xulosasiga ko’ra, transseksual kishilarni qurolli kuchlar safiga olmaslik yoki ularni chetlatish uchun tibbiy asos yo’q. Mudofaa siyosati effektiv bo’lishi kerak, deydi Karter.

“Amerikada yoshlar bugun har qachongidan xilma-xil, bag’rikeng, o’z fikrini ochiq aytadigan avlod. Vatan himoyasi yo’lida ular orasidan eng iqtidorli va o’qimishlilarini tanlab olishni istasak, avvalo o’zimiz bag’rikeng bo’lishimiz darkor. 21-asrda raqobatlashishning yagona yo’li shu”, - deydi vazir.

Jinsi noaniq harbiylarni armiyadan haydash hollari hamon uchrab turadi. Biroq, masalan harbiy-dengiz kuchlarida, qonun-qoidalar qayta ko’rib chiqilib, bunday qarorlarni eng yuqori darajada qabul qilish yo’lga qo’yilyapti.

Besoqolbozlarni diskriminatsiyadan himoya qilish talabi anchadan beri yangraydi. Pentagon konkret choralar ko’rmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG