Breaking News

AQSh Liviyaga hukumatiga tegishli 1,5 milliard dollarni muxolifatga beradi


AQSh Liviyaga hukumatiga tegishli 1,5 milliard dollarni muxolifatga beradi
AQSh Liviyaga hukumatiga tegishli 1,5 milliard dollarni muxolifatga beradi

Qo’shma Shtatlar Liviya hukumatiga tegishli 1,5 milliard dollar pulni isyonchilarga, ular tuzgan muvaqqat boshqaruv kengashga uzatadi.

Rasmiylarning aytishicha, Liviya aholisini oziq-ovqat, suv, energiya bilan ta’minlash uchun zudlik bilan mablag’ kerak.

BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalar bilan shug’ullashuvchi qo’mitasida kechgan muzokaralar ketidan shunday qarorga kelindi.

Qo’mitaga 15 davlat a’zo bo’lsa, ular orasida faqatgina Janubiy Afrika pulni muxolifatga uzatish yuzasidan e’tiroz bildirib kelayotgan edi, chunki Liviya muvaqqat boshqaruv kengashini haligacha tan olmagan.

Shundan so’ng, AQSh masalani Xavfsizlik Kengashi darajasiga olib chiqmoqchi bo’ldi. Ammo rezolyutsiya matni bir oz o’zgartirilgach, murosaga erishildi.

Qo’shma Shtatlar qarordan mamnun. BMTdagi elchi muovini Rouzmeri Dikarloning aytishicha, hujjat matnida mablag’ Liviyaning “tegishli idoralariga” beriladi deb yozilgan. Ya’ni, boshidan ko’zlanganidek, muvvaqat kengashga.

Liviya Afrika Ittifoqiga a’zo ekan, polkovnik Muammar Qaddafiy qit’a rahbarlari bilan apoch-chapoq bo’lganini qayd etish joiz.

“Arab bahori” Liviya ko’chalariga yetib kelganida va isyon qonli ravishda bostirilganida ham tashkilot lom-mim demagan. Aksincha, NATO olib borgan harbiy kampaniyani tanqid qilgan edi.

XS
SM
MD
LG