Breaking News

AQShda har ikki yilda o'tadigan saylovlar prezident kejalagini hal qiladi


Vakillar Palatasi a’zolari ikki yilga saylanadi, senatorlar esa olti yilga. BU degani har ikki yilda Vakillar Palatasidagi 435 a’zo, Senatning esa uchdan biri yangilanishi yoki qayta saylanishi mumkin. Bu yil 37 shtatda senatorlik va gubernatorlik uchun k
Vakillar Palatasi a’zolari ikki yilga saylanadi, senatorlar esa olti yilga. BU degani har ikki yilda Vakillar Palatasidagi 435 a’zo, Senatning esa uchdan biri yangilanishi yoki qayta saylanishi mumkin. Bu yil 37 shtatda senatorlik va gubernatorlik uchun k

AQShda prezident saylovlari 4 yilda bir marta, Kongressga saylovlar esa har ikki yilda o’tkaziladi. 2008-yildagi so’nggi prezident saylovlarida demokrat arbob Barak Obama g’alaba qozongan. Kelasi saylov 2012-yilda.

Kongressga navbatdagi saylovlar 2-noyabrda o’tadi. Shu kuni mahalliy rahbarlar ham saylanadi. Turli shtatlarda turli masalalar ovozga qo’yiladi.

Ularning natijasi Oq Uyga bevosita ta’sir qilmaydi, ammo prezident va Kongress orasidagi munosabatlarni yengillashtirishi yoki og’irlashtirishi mumkin.

Vakillar Palatasi a’zolari ikki yilga saylanadi, senatorlar esa olti yilga. BU degani har ikki yilda Vakillar Palatasidagi 435 a’zo, Senatning esa uchdan biri yangilanishi yoki qayta saylanishi mumkin. Bu yil 37 shtatda senatorlik va gubernatorlik uchun kurash ketmoqda.

Saylovlar xalq uchun bugungi siyosatga munosabatni baralla aytish imkoniyatidir. Amaldagi siyosatga ha yoki yo’q deysiz.

Davlat rahbari prezident ekan, odamlar bu saylovda uni ham baholaydi. Demokrat prezidentning ishi uchun Demokratik partiyani ayblashadi, deydi siyosatshunos professor Robert Dadli.

“Amerika tarixida hamisha prezidentning partiyasi Kongressni boy berib kelgan. Ayniqsa, agar prezident endigina ikki yil xizmat qilgan bo’lsa. Chunki hali biror karomat ko’rsatib ulgurmagan. U tanishtirgan siyosat meva berib ulgurmagan”, - deydi olim.

Lekin 2002 yilda Jorj Bush prezident edi va o’sha yilgi umumiy saylovlarda uning Respublikachilar partiyasi Kongressning har ikki palatasini demokratlardan tortib olgan.

Bush bundan foydanalanib, soliqlarni kamaytirish va xususiy sektorga imtiyozlarlarni ko’paytirish kabi qonunlarni ma’qullatib olgan. Demokratlar qancha dod solmasin, ozchilik bo’lgani uchun hech narsa qila olmagan, deydi siyosiy tahlilchi, professor Benjamin Ginsberg.

“Demokratlar boy amerikaliklar uchun soliq kamaytirilganidan juda norozi bo’lgan. Prezidentning esa parvoyi palak edi, chunki Kongress uning partiyasi qo’lida edi. Biror taklifi rad etilmagan”,- deydi ekspert.

Respublikachilar hukmronligi davrida Afg’onistonda Tolibonga, Iroqda Saddam Hussaynga qarshi urush ochildi.

Haqiqat shuki, prezidentning partiyasi qonunchilik organini boy bersa, Oq Uyning ishi orqaga ketadi. Masalan 1994 yilda, Bill Klinton prezidentligining ikkinchi yilida, Kongress respublikachilar qo’liga o’tadi. Ma’qullanishni kutayotgan qonun loyihalarining deyarli barchasi rad etiladi, ayniqsa, sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish tashabbusi.

Bu Klinton uchun armon bo’lib qolgan edi, mana Obama prezidentligi paytida qabul qilindi, deya sharhlaydi Kongressni uzoq yillardan beri yoritib kelayotgan Kayl Trigstad.

"1994 yilda Bill Klintonning Kongressdagi ishongan partiyadoshlari senatorlik va vakillik o’rinlaridan ayrildi, qayta saylana olmadi. Klinton qanday taklif bilan chiqmasin, respublikachilar yo’q deb turib oldi. Amerika prezidenti uchun eng og’ir narsa bu Kongressning raddiyasi”, - deydi jurnalist.

Har bir prezident yuzlashadigan sinovlar. 2006 yilda, Jorj Bush prezidentligining ikkinchi muddati yarmida Kongress butunlay muxolifat – demorkatlar izniga o’tadi. Endi bu partiya prezidentga yo’q deya boshladi.

“Demokratlar Bush rahbariyatining biror so’ziga quloq tutmadi", - deya sharhlaydi Kongressni yorituvchi yana bir jurnalist Shon Miller.

"Prezident ham demokratlar bilan til topishishga harakat qilmadi, chunki ularning hech narsaga ko’nmasligi ayon edi. Kim zarar ko’rdi? Xalq. Ko’plab masalalar yechimsiz qolib ketdi”, - deydi u.

Saylovlar, siyosiy bahs va raqobat amerikaliklar nazarida demokratiyaning ajralmas qismi.

Ko’pchilik bir partiya bir paytning o'zida ham Oq Uy, ham Kongressni egallab olishini istamaydi. Siyosiy muvozanat, jamiyat oldinga siljishi va rahbarlar mas’uliyat bilan ish tutishi uchun qonun chiqaruvchi organ muxolif partiya nazoratida bo’lishi kerak, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG