Breaking News

Prezident Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un bilan 12-iyunda Singapurda uchrashish rejasini bekor qildi.

"Singapurda siz bilan ko'rishish istagida edim. Afsuski, so'nggi bayonotingizda aks etgan g'azab va adovat sabab uzoq rejalangan bu uchrashuvni hozir o'tkazish to'g'ri bo'lmaydi", - deyiladi Tramp Kim Chen Unga yozgan maktubda.

Yaqinda AQSh rasmiylari Shimoliy Koreya bilan muzokarada Liviya modelini qo'llashni taklif qilgan edi. Shundan so'ng Pxenyan sammitni bekor qilishi haqida ogohlantirgan. Liviya modeli deganda Shimoliy Koreyaga imtiyozlar berishdan oldin uning yadroviy infratuzilmasini butunlay yo'q qilish nazarda tutilmoqda.

"Siz yadroviy salohiyatingiz haqida bong urasiz, ammo bizning arsenalimiz shunchalik qudratliki, undan hech qachon foydalanishga ehtiyoj bo'lmasin deb xudodan so'rab qolaman", - deyiladi maktubda.

Eng muhim sammit haqida fikrlaringiz o'zgarsa, deydi Tramp Shimoliy Koreyaga, menga qo'ng'iroq qiling yoki yozing.

AQSh rahbari nazarida, dunyo va Shimoliy Koreya davomiy tinchlik farovonlikni ta'minlash imkoniyatini boy berdi. Tramp maktubida Shimoliy Koreyaga amerikalik mahbuslarni ozod etgani uchun minnatdorchilik ham bildirgan.

Shimoliy Koreya qurolsizlanish ahdida qat'iy ekanini namoyish etish uchun 23-may kuni xorijiy jurnalistlar guvohligida Pungeri poligonini yopdi. Tog'li bu hududda ko'plab marta yadroviy sinovlar o'tkazilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG