Breaking News

Tramp, Kim muzokaradan mamnun


Muzokara ijobiy kechgani haqida hujjat imzolandi, Singapur, 12-iyun, 2018

Shimoliy Koreya yadroviy qurollardan voz kechishga tayyor. AQSh esa unga xavfsizlik kafolati beradi. Singapurdagi tarixiy muzokara shunday kelishuv bilan yakunlandi.

Muloqot ijobiy kechgani haqida imzolangan hujjatda har ikki tomon qator vazifalar ustida ishlashini bayon etadi. Mushtarak maqsad - Koreya yarimoroli barqarorligini ta'minlash. Koreya urushida o'lganlarni aniqlab, ular yuzasidan ma'lumot oshkor etish ham hozirgacha erishilgan kelishuvning bir qismi.

Lekin muzokara hali tugamagan. Liderlar yana uchrashadi.

“Shimoliy Koreya atom qurollaridan xoli yurt bo'ladi", - dedi Tramp "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

"Ultimatumdan yiroqmiz", - deydi AQSh prezidenti.

Rahbarlar ijobiy ruhda gaplashgan, bir biriga do'q qilmagan.

“Urush boshlanishi mumkin edi, millionlab odamlarning hayoti xavf ostida qolishi mumkin edi. Biroq biz buning oldini oldik va muzokara qildik", - deydi Tramp.

AQSh Koreya yarimorolidagi harbiylari sonini kamaytirmaydi. Lekin urush mashqlari o'tkazmaydi.

"Bu mashqlar katta pul, shu bois ularni to'xtatishdan manfaatdormiz", - deydi Tramp bu boradagi murosani tushuntirar ekan.

Pxenyanga nisbatan sanksiyalar amalda qoladi, Shimoliy Koreya butunlay yadroviy qurollaridan qutulgunicha.

Jarayon izchil tekshiriladi. Kim bu borada ishlarni darhol boshlashni va'da bergan.

Shimoliy Koreya siyosiy mahbuslar makoni. Qamoqxonalar to'la. Inson huquqlari bobida bu mamlakat dunyodagi eng dahshatlisi deya ta'riflanadi.

Tramp deydiki, muzokarada huquq haqida ham gap ketgan va Amerikaning umidi shuki, Pxenyan siyosatini o'zgartirib, ochilishni boshlasa, bu yo'nalishda ham progress bo'ladi.

Tramp muzokaralarni quvvatlagani uchun Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreyadan minnatdor.

Kim bilan uchrashuv prezident uchun "sharaf va buyuk o'zgarishlardan darak".

Tahlilchilar muloqot tarixiy ekanini tan oladi lekin natijani sarhisob qilishga shoshmayapti. Pxenyan azaldan va'dalaridan turmay tanilgan tuzum.

Singapur, 12-iyun, 2018
Singapur, 12-iyun, 2018

Singapur, 12-iyun, 2018
Singapur, 12-iyun, 2018
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG