Breaking News

Qo’shma Shtatlarda har yetti kishidan biri yo’qsil


Nyu-York ko'chalari, 7-sentabr, 2012-yil.
Nyu-York ko'chalari, 7-sentabr, 2012-yil.
Qo’shma Shtatlarda moliyaviy tanazzul bois ishsizlar soni ortib, o’tgan yili kambag’allar taxminan 46 millionni tashkil etdi. Ekspertlarning aytishicha, oilalar daromadi yaxshi emas, lekin tibbiy sug’urtasi borlar ko’paygan.

Qo'shma Shtatlarda har yetti kishidan biri yo'qsil/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00
Yuklab oling


AQSh Aholini ro’yxatga olish idorasi hisobicha, 2011-yilda 15 foiz aholi yo’qsil edi. Yo’qsil deganda kim tushuniladi? To’rt kishilik oilaning yillik daromadi 23 ming dollardan kam bo’lsa, demak ular kambag’al. Qo’shma Shtatlarda o’tgan yili o’rtacha daromad 50 ming dollar atrofida edi.

Vashingtonda asoslangan Brukings tahlil instituti olimi Ron Xaskins fikricha, yo’qsillik ortida ishsizlik, ishsizlik ortida 2008-yilgi krizis turibdi. Ishi yo’qlar safi siyraklashganicha yo’q.

O’zini Keyt deb tanishtirgan mana bu ayolning ishi bor, lekin pul - muammo.

“Ertaga nima bo’lishini bilmayman. Bugunni amallab o’tkazib olsak, bo’lgani”, - deydi u.

Keyt turmush o’rtog’i va uch farzandi bilan Vashington yaqinida turadi. Ofitsiant bo’lib ishlayapti. Eri retoranda menejerlik qilar edi, lekin yaqinda halokatga uchrab, oyoq-qo’lini sindirib oldi, miyasi lat yedi. Bir yilcha ishlamaydi endi. Ishxonada mayib bo’lgani uchun unga kompensatsiya to’lashadi, lekin bu pul avvalgi maoshining 60 foizi, xolos.

“O’sha voqeadan keyin hech o’zimizga kelolmayapmiz”, - deydi ayol.

Keyt tibbiy sug’urtani ishxonadan oladi, buning uchun o’zi to’laydi ham. Amerikada millionlab odamlar ana shunday, ishda tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadi. Buning qanchasini qoplash - ish beruvchiga qolgan masala.

Aholini ro’yxatga olish idorasining hisobotiga ko’ra, umuman tibbiy sug’urtasi yo’qlar o’tgan yili jindak kamayib, 49 million kishini tashkil etgan. Hukumat yurituvchi dasturlar odamlar og’irini yengil qilgan.

Tibbiy xizmat qimmatlagani sari sug’urta tobora nozik masalaga aylanib borayapti. Ish beruvchi va xodimlar eng ko’p talashadigan masalalardan.

Keytning aytishicha, ishxona kompensatsiya to’lamagan taqdirda oilaning holi voy edi. Turmush o’rtog’i tezroq sog’ayib ishga qaytsa, vaziyat butunlay o’nglanishi aniq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG